https://oz.sputniknews.uz/20230101/humo-air--xususiylashtirildi-31214707.html
“Humo Air” xususiylashtirildi
“Humo Air” xususiylashtirildi
Sputnik O‘zbekiston
Aviakompaniyaning 100 foiz davlat ulushi Shveysariyaning “Valleyroad Capital S.A” kompaniyasiga sotildi. 01.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-01T19:22+0500
2023-01-01T19:22+0500
2023-01-02T09:18+0500
iqtisod
xususiylashtirish
humo air
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/01/21184809_0:66:1281:786_1920x0_80_0_0_6ee4113035dff33d998a40dec2322e60.jpg
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. “Humo Air” avikompaniyasining 100 foiz davlat ulushi sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.“ValleyRoad Capital” 2026-yilgacha 18 dona havo kemalarini, jumladan, 3 tasini 2023-yilning birinchi yarim yilligida sotib olish va parvozlarni yo‘lga qo‘yish majburiyatini olgan.Dastlabki bosqichda ichki reyslar sonini haftasiga 16 tagacha oshirish, keyingi 5-yil davomida 60 tagacha yetkazishi kerak.O‘zbekistonning boshqa aviakompaniyalari xizmat ko‘rsatmaydigan yo‘nalishlarda maqbul narxlarda yangi reyslarni tashkil etishi kerak.Qolaversa, investor maxsus aviatsiyasining xizmat ko‘rsatadigan samolyotlari parkini bosqichma-bosqich yangilashi, aviakompaniyani boshqarishga aviatsiya sohasida ko‘p yillik tajribaga ega malakali xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb qilishi, O‘zbekiston rezidentlari orasidan aviakompaniya xodimlarining kamida 80 foizini shakllantirishni ta’minlashi darkor.“Humo Air” MChJ “Maxsus aviatsiya ishlari bo‘yicha aviakompaniya” DUK mulki negizida 2020-yilda tashkil etilgan. Uning ustav kapitaliga 43 dona An-2 havo kemalari, havo kema dvigatellari, parvoz simulyatorlari va boshqa mulklar o‘tkazilgan."Valleyroad Capital S.A." Shveysariyada 2006-yilda tashkil etilgan. Shveysariyada va xalqaro miqyosda yirik korxonalar va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatuvchi mustaqil korporativ moliyalashtirish kompaniyasi.U turli sohalar va mamlakatlarda korporativ moliyalashtirish bo‘yicha keng va diversifikatsiyalangan tajribani taklif etadi. Xorijiy investor O‘zbekistondagi faoliyatini uning 100 foiz ta’sischiligidagi “Valleyroad Capital” MChJ tomonidan amalga oshiradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/01/21184809_72:0:1207:851_1920x0_80_0_0_fd3489ed69f90a8c5d48e8617bc1c4b5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, xususiylashtirish, humo air
iqtisod, xususiylashtirish, humo air
“Humo Air” xususiylashtirildi
19:22 01.01.2023 (yangilandi: 09:18 02.01.2023) Aviakompaniyaning 100 foiz davlat ulushi Shveysariyaning “Valleyroad Capital S.A” kompaniyasiga sotildi.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. “Humo Air” avikompaniyasining 100 foiz davlat ulushi sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
xabar berdi. Shveysariyaning “Valleyroad Capital S.A.” kompaniyasi avikompaniyasining 100 foiz davlat ulushini sotib olgan. Bitim narxi – 27,2 mlrd so‘mni (2,42 mln dollar atrofida) tashkil etgan.
“ValleyRoad Capital” 2026-yilgacha 18 dona havo kemalarini, jumladan, 3 tasini 2023-yilning birinchi yarim yilligida sotib olish va parvozlarni yo‘lga qo‘yish majburiyatini olgan.
Dastlabki bosqichda ichki reyslar sonini haftasiga 16 tagacha oshirish, keyingi 5-yil davomida 60 tagacha yetkazishi kerak.
O‘zbekistonning boshqa aviakompaniyalari xizmat ko‘rsatmaydigan yo‘nalishlarda maqbul narxlarda yangi reyslarni tashkil etishi kerak.
Qolaversa, investor maxsus aviatsiyasining xizmat ko‘rsatadigan samolyotlari parkini bosqichma-bosqich yangilashi, aviakompaniyani boshqarishga aviatsiya sohasida ko‘p yillik tajribaga ega malakali xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb qilishi, O‘zbekiston rezidentlari orasidan aviakompaniya xodimlarining kamida 80 foizini shakllantirishni ta’minlashi darkor.
“Kompaniyani xorijiy investor tomonidan yuqoridagi rivojlantirish shartlari bilan sotib olinishi fuqaro aviatsiyasi sohasiga xususiy sektorning kirib kelishi orqali raqobat muhitini rivojlantirishga, mahalliy aviaqatnovlarga bo‘lgan talabni yumshatishga va yo‘lovchilarga maqbul narxlarda aviatashuv xizmatlarini ko‘rsatishga o‘z hissasini qo‘shadi”, - deyilgan xabarda.
“Humo Air” MChJ “Maxsus aviatsiya ishlari bo‘yicha aviakompaniya” DUK mulki negizida 2020-yilda tashkil etilgan. Uning ustav kapitaliga 43 dona An-2 havo kemalari, havo kema dvigatellari, parvoz simulyatorlari va boshqa mulklar o‘tkazilgan.
"Valleyroad Capital S.A." Shveysariyada 2006-yilda tashkil etilgan. Shveysariyada va xalqaro miqyosda yirik korxonalar va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatuvchi mustaqil korporativ moliyalashtirish kompaniyasi.U turli sohalar va mamlakatlarda korporativ moliyalashtirish bo‘yicha keng va diversifikatsiyalangan tajribani taklif etadi. Xorijiy investor O‘zbekistondagi faoliyatini uning 100 foiz ta’sischiligidagi “Valleyroad Capital” MChJ tomonidan amalga oshiradi.