FVV xodimlari Qashqadaryoda uyda yolg‘iz qolib ketgan bolani qutqarib qolishdi

© Qashqadaryo viloyati FVBQashqadaryo viloyati
Qashqadaryo viloyati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2023
Obuna bo‘lish
Qashqadaryo viloyati FVB: Qarshi shahridagi xonadonning kirish eshigi qulflanib, u yerda yosh bola qolib ketdi.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Qashqadaryo viloyatida 31-dekabr kuni uyda yolg‘iz qolib ketgan bolakay qutqarib qolindi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 31-dekabr kuni soat 15.10 lar atrofida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Navbatchi dispetchirlik xizmatiga Qarshi shahar 3-mitti tumani 25-uy, 43-xonadonining kirish eshigi qulflanib, u yerda 1 nafar yosh bola qolib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, xonadonning oshxonasidagi gaz plitasi yoniq bo‘lgan.
Zudlik bilan ma’lum qilingan manzilga yetib borgan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otradi qutqaruvchilari tomonidan xonadon kirish eshigini ochishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Bolakay sog‘-salomat onasining qo‘liga topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0