Dubayda Yangi yil kechasida antiqa mushakbozlik uyushtirildi - video

© Emaar Dubai Dubay
Dubay  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2023
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, ana’anaga aylangan mushakbozlik uchun bu safar 180 tonna pirotexnika vositasidan foydalanilgan.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Yangi yil munosabati bilan katta mushakbozlik va lazer shou dasturi o‘tkazildi. Bu haqda "Emaar Dubai" xabar berdi.
Qayd etilishicha, an’anaga aylangan mushakbozlik uchun bu safar 180 tonna pirotexnika vositasidan foydalanilgan.
Tashkilotchilar lazer shousi va Yangi yil mushaklarini Dubay favvorasining musiqiy raqsi bilan bog‘lashdi.
Dubay politsiyasining ma’lum qilishicha, mushakbozlik kunida xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Jumladan, mushakbozlik o‘tgan joylarda jami 10 597 zobit, 5 800 qo‘riqchi, 1 420 ko‘ngilli, 3 651 patrul va transport vositalari hamda 45 dengiz qayig‘i joylashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0