Chimonda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

© Sputnik / Ovchinnikovsnejnaya lavina.
snejnaya lavina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2023
Obuna bo‘lish
2-4 yanvar kunlari Chimon tog‘lari tabiiy hududi bo‘ylab qor ko‘chishi kuzatilishi mumkin.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. 2-4 yanvar kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chotqol tizmasining Chimon tog‘lari tabiiy hududi bo‘ylab qor ko‘chishi kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet shoshilinch axborot bilan chiqdi.
Tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va tog‘li hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘ralgan.
Yangiliklar lentasi
0