Bu yil Rossiya harbiy poligonlarida 8 ta xalqaro mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishVoyennie ucheniya ODKB
Voyennie ucheniya ODKB - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2023
Obuna bo‘lish
Jumladan, Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlarining “Mirnaya missiya – 2023” birgalikdagi aksilterror o‘quv shtab mashg‘uloti rejalashtirilgan.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining quruqlikdagi qo‘shinlari 2023-yilda Rossiya poligonlaridagi sakkizta xalqaro mashg‘ulotlarda qatnashadi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Indra-2023” Rossiya-Hindiston mashg‘ulotlari, Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlarining “Tinchlik missiyasi – 2023” birgalikdagi aksilterror o‘quv shtab mashg‘uloti hamda Rossiya-Laos mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi.
Bundan tashqari, “Do‘stlik-2023” Rossiya-Pokiston harbiy mashg‘ulotlari, Rossiya-Jazoir, “Chegara-2023” Markaziy Osiyo mintaqasida tezkor munosabat bildiruvchi bo‘linmalari bilan mashg‘ulot, “Selenga-2023” Rossiya-Mo‘g‘uliston qo‘shma mashg‘uloti va Rossiya-Vyetnam o‘quvlari rejalashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, manyovrlar tinchlik o‘rnatish va aksilterror xususiyatiga ega bo‘ladi.
“Rossiya Federatsiyasidan tashqarida Armaniston hududida KXShTning “Mustahkam ittifoq-2023” tinchlikparvar kontengentining qo‘shma mashg‘uloti o‘tkaziladi”, - deyilgan xabarda
Yangiliklar lentasi
0