Boshlang‘ich sinf darsliklari vazni 300 grammdan oshirilmaydi – yangi qaror

© PulatovYangi avlod darsliklari
Yangi avlod darsliklari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2023
Obuna bo‘lish
Maktab darsliklarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi talablar belgilandi.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Boshlang‘ich sinf darsliklari vazni 300 gramdan oshirilmaydi. Bu haqda Hukumatning 726–sonli qarori bilan tasdiqlangan reglamentda nazarda tutilgan.
Qaror bilan Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning umumiy texnik reglamenti tasdiqlandi.
Reglament bilan quyidagilar belgilandi:
maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus hamda professional ta’lim sohasida foydalaniladigan matbaa mahsulotlarining xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar;
yozuv uchun mo‘ljallangan matbaa mahsulotlariga ko‘yiladigan xavfsizlik talablari;
o‘quv nashrlari va qo‘shimcha ta’lim uchun nashrlar xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar;
yozuv uchun matbaa mahsulotlari, o‘quv nashrlari va qo‘shimcha ta’lim nashrlarini qadoqlashga doir talablar;
matbaa mahsulotini identifikatsiyalash, namunalarni tanlash va nazorat qilish uslublari.
Hujjat foydalanuvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish, shuningdek, iste’molchilarning chalg‘ishiga olib keluvchi harakatlarning oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan.
Endilikda umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus hamda professional ta’lim uchun o‘quv nashrlarida tor yoziladigan shriftlar qo‘llash mumkin emas. Shuningdek, ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlarida gazeta qog‘ozi va yaltiroq qog‘ozdan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yosh toifasiga qarab nashrlar:
1-4-sinflar;
5-9-sinflar;
10-11-sinflarga mo‘ljallanadi.
Nashr vazni darsliklar uchun:
1-4-sinflar uchun 300 grammdan;
5-6-sinflar uchun 400 grammdan;
7-9-sinflar uchun 500 gramdan;
10-11-sinflar uchun esa 600 grammdan oshmasligi kerak.
1-4-sinflar uchun adabiyotlarda rangli bo‘yoqlar, shriftni belgilash, chizilgan shriftlar, ko‘p ustunli terish qo‘llanilmaydi.
Reglament rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning yangi avlod darsliklari qanday bo‘lishi ma’lum qilingandi.Unga ko‘ra, endilikda maktab o‘quvchilari uchun tayyorlangan yangi darsliklarda nafaqat fanlar, balki 21-asrda zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalar ham o‘rgatiladi.
1-3 sinflar uchun taqdim etilgan darsliklarning bir qismi, xususan, tasviriy san’at, o‘zbek tili va musiqiy savodxonlik bo‘yicha kitoblar kengaytirilgan reallik texnologiyalaridan foydalanilgan holda ishlab chiqilgan.
Yangiliklar lentasi
0