Afg‘oniston va O‘zbekiston elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi

© SputnikAfganistan i Uzbekistan podpisali kontrakt na postavku elektrichestva
Afganistan i Uzbekistan podpisali kontrakt na postavku elektrichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2023
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston suv va energetika vazirligi rahbari vazifasini bajaruvchi Abdul-Latif Mansur Toshkentda bo‘lib turibdi.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Afg‘onistonning yangi hukumati O‘zbekiston bilan 2023-yil uchun elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Sputnik Afg‘oniston xabar berdi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi energiya yetkazib berish bo‘yicha shartnoma “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Afg‘onistonning DABS energetika kompaniyasi tomonidan imzolandi.
Qayd etilishicha, Afg‘oniston suv va energetika vazirligi rahbari vazifasini bajaruvchi Abdul-Latif Mansur Toshkentda bo‘lib turibdi. U tashrif doirasida Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Ahmad Xolid Ilmiy bilan ham uchrashadi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0