https://oz.sputniknews.uz/20221231/tugatilgan-vazirlik-va-qomitalar-rahbarlari-yangi-lavozimga-tayinlandi-31197034.html
Tugatilgan vazirlik va qo‘mitalar rahbarlari yangi lavozimga tayinlandi
Tugatilgan vazirlik va qo‘mitalar rahbarlari yangi lavozimga tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident qarori bilan yetti vazirga o‘rinbosarlar tayinlandi. 31.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-31T15:03+0500
2022-12-31T15:03+0500
2022-12-31T15:03+0500
jamiyat
yangi tayinlov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/681/41/6814193_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_547bf944082317774c9e600db34d1620.jpg
TOShKENT, 31 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining qarori bilan tugatilgan yoki boshqa idoraga biriktirib yuborilgan vazirlik va idoralarning sobiq rahbarlari yangi lavozimlarga tayinlandi.Prezidentning qarori bilan:Eslatib o‘tamiz, prezidentning “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2023-yil 1-yanvardan Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi vazirliklar 25 tadan 21 taga qisqartirilmoqda.Farmonga muvofiq Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Qurilish vazirligi bilan, Maktabgacha ta’lim vazirligi Xalq ta’limi vazirligi bilan qo‘shib yuborildi. Shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi shaklida qayta tashkil etildi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi esa Tabiat resurslari vazirligiga aylantirildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/681/41/6814193_154:0:1054:675_1920x0_80_0_0_fd59fca875745179ff687370092a9489.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yangi tayinlov
Tugatilgan vazirlik va qo‘mitalar rahbarlari yangi lavozimga tayinlandi
Prezident qarori bilan yetti vazirga o‘rinbosarlar tayinlandi.
TOShKENT, 31 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining qarori bilan tugatilgan yoki boshqa idoraga biriktirib yuborilgan vazirlik va idoralarning sobiq rahbarlari yangi lavozimlarga tayinlandi.
Prezidentning qarori bilan:
Sherzod Saidjonovich Hidoyatov qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
Nozim Baxtiyorovich Husanov O‘zbekiston Respublikasi
kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
Agrippina Vasilyevna Shin O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
Narzullo Naimovich Oblomuradov O‘zbekiston Respublikasi tabiat resurslari vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
Ulug‘bek Ahmadovich Azamov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
Alisher Zafar o‘g‘li Sa’dullayev O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari – Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2023-yil 1-yanvardan Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi vazirliklar 25 tadan 21 taga qisqartirilmoqda.
Farmonga muvofiq Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Qurilish vazirligi bilan, Maktabgacha ta’lim vazirligi Xalq ta’limi vazirligi bilan qo‘shib yuborildi. Shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi shaklida qayta tashkil etildi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi esa Tabiat resurslari vazirligiga aylantirildi.