Sobiq Rim papasi Benedikt XVI vafot etdi

© AFP 2023 / Vincenzo Pinto Papa rimskiy Benedikt XVI. Arxivnoe foto
Papa rimskiy Benedikt XVI. Arxivnoe foto  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2022
Obuna bo‘lish
Katoliklarning Rojdestvo bayramidan sal oldin, Benedikt XVI ning sog‘lig‘i yomonlashgani ma’lum bo‘lgandi.
TOShKENT, 31 dek - Sputnik. Sobiq Rim papasi Benedikt XVI (ismi Yozef Ratsinger) 96 yoshida vafot etdi. Bu haqda Muqaddas toj matbuot xizmati rahbari Matteo Bruni ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
“Qayg‘u bilan xabar beramanki, faxriy Rim papasi Benedikt XVI bugun ertalab soat 9:34 da Vatikandagi Mater Ecclesiae monastirida vafot etdi”, - degan u.
Benedikt XVI Apostol taxtini 2005-yil aprelidan 2013-yil fevraligacha boshqargan. 2013-yil 11-fevraldagi konsistoriyada u kutilmaganda taxtdan voz kechish qarorini e’lon qildi. O‘shandan beri u Vatikan bog‘laridagi Mater Ecclesiae kichik monastirida yashab kelayotgandi.
Katoliklarning Rojdestvo bayramidan sal oldin, Benedikt XVI ning sog‘lig‘i yomonlashgani ma’lum bo‘lgandi. Italiya ommaviy axborot vositalari uning yuragi bilan birga nafas olishida ham muammolar borligi haqida yozgan.
Yozef Aloiz Ratzinger 1927-yil 16-aprelda Bavariyaning Marktl qishlog‘ida tug‘ilgan. U papalar orasida uzoq umr ko‘rish bo‘yicha rekordchi - 2020-yilda u 1903-yilda 94 yoshida vafot etgan Leo XIII dan o‘zib ketgan edi.
Yangiliklar lentasi
0