Qozog‘iston Rossiya neftining O‘zbekistonga tranziti uchun tarifni oshirdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishZakladka proizvodstva rezino-modifitsirovannogo bituma kompanii "Tatneft" v Tatarstane
Zakladka proizvodstva rezino-modifitsirovannogo bituma kompanii Tatneft v Tatarstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2022
Obuna bo‘lish
Yangi tariflar 2023-yil 1-fevraldan kuchga kiradi.
TOShKENT, 31 dek - Sputnik. “KazTransOil” AJ Rossiya neftini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tashish uchun yangi tarifni tasdiqladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
“KazTransOyl” AJ bosh direktorining buyrug‘i bilan Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tranzit qilish maqsadida Rossiya neftini tashish xizmati tarifi 1 tonna uchun (QQSsiz) 27,9 AQSh dollari miqdorida tasdiqlandi”, deyiladi kompaniya saytidagi xabarda.
Buyruq 27-dekabr kuni imzolangan. Yangi tariflar 2023-yil 1-fevraldan kuchga kiradi.
Hozirgi tarif 2018-yil 1-yanvardan amal qiladi. Unga ko‘ra, 1 tonna uchun 25,12 AQSh dollari miqdorida (QQSsiz) to‘lov olinadi. Bunga quyidagilar kiradi:
RFning Qozog‘iston bilan chegarasi – “Shag‘ir” neft quyish stansiyasi yo‘nalishi bo‘ylab neftni quyish qiymati, yuqoridagi tarifni hisobga olgan holda – 1 tonna uchun 24,28 AQSh dollari (QQSsiz);
“Shag‘ir” neft quyish stansiyasida temir yo‘l sisternalariga quyish tarifi – 1 tonna uchun 0,84 dollarni (QQSsiz) tashkil etadi.
Avvalroq O‘zbekiston 2023-yilda Qozog‘istondan 300 ming tonna va Rossiyadan 300 ming tonna neft import qilishi haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0