Putin rossiyaliklarga Yangi yil murojaati bilan chiqdi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2022
Obuna bo‘lish
RF prezidenti maxsus operatsiya ishtirokchilariga matonat va jasorat uchun minnatdorlik bildirdi.
TOShKENT, 31 dek - Sputnik. Prezident Vladimir Putin rossiyaliklarga yangi yil murojaati bilan chiqdi. Faqat bu safar u Kreml fonida emas, harbiylar qurshovida murojaat yo‘lladi, deb xabar berdi RIA Novosti.
U o‘tgan yilni Rossiya uchun ham, butun dunyo uchun ham kelajakka poydevor qo‘yadigan muhim voqealar yili, notinchlik va tashvishlarga to‘la yil deb atadi.
“Ammo bizning ko‘p millatli xalqimiz, Rossiya tarixining barcha og‘ir davrlarida bo‘lgani kabi, jasorat va matonat ko‘rsatdi. Vatan himoyachilarini so‘zda ham, amalda ham qo‘llab-quvvatladi. Bizning askarlar va ofitserlarimizni. Maxsus harbiy operatsiyaning barcha ishtirokchilarini”, - dedi prezident.
Uning ta’kidlashicha, haqiqat o‘z tarixiy hududlaridagi xalqini himoya qiladigan Rossiya tomonida.
“Biz birgalikda quramiz. Va biz yaratamiz. Asosiysi, Rossiyaning taqdiri. Vatan himoyasi ajdodlarimiz, avlodlarimiz oldidagi muqaddas burchimizdir”, - deydi Putin.
U maxsus operatsiya ishtirokchilariga matonat va jasorat uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tib, mamlakatning buyukligi va mustaqilligini saqlab qolishiga ishonch bildirdi.
“Biz Rossiyaning suveren, mustaqil, xavfsiz kelajagi faqat o‘zimizga bog‘liq ekanini har doim bilardik va bugun yana bir bor amin bo‘ldik”, - deydi prezident.
Yangiliklar lentasi
0