Prezident qo‘mita va agentliklarga rahbarlar tayinladi

© Sputnik / Ilya PitalevPortfel chinovnika, foto iz arxiva
Portfel chinovnika, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2022
Obuna bo‘lish
Prezident qarori bilan 9 ta qo‘mita, agentlik, markaz va inspeksiyaga rahbarlar tayinlandi.
TOShKENT, 31 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining qarori bilan qator qo‘mita, agentlik va inspeksiyaga rahbarlar tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Prezidentning qarori bilan:
Shohruh Shaturg‘unovich Shorahmetov Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga;
Sodiq Donaqulovich Toshboyev Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi lavozimiga;
Bahodir Abdusalomovich Begalov Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimiga;
Abdushukur Abdujamilevich Sodiqov Milliy antidoping agentligi direktori lavozimiga tayinlandi;
Olim Xayrullayevich Narzullayev Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori lavozimiga;
Akmalxo‘ja Yusupovich Mavlonov Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga;
Bahromjon To‘rayevich Norqobilov Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimiga;
Nizomidin Jalilovich Bakirov Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori lavozimiga;
Baxtiyor Vahobovich Gulyamov Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligi nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan 24 ta respublika davlat boshqaruvi organining tashkiliy bo‘ysunuvi o‘zgaradi.
Yangiliklar lentasi
0