https://oz.sputniknews.uz/20221231/mirziyoev-vazirliklarning-2023-yildagi-vazifalarini-belgilab-berdi-31197882.html
Mirziyoyev hukumatning 2023-yildagi vazifalarini belgilab berdi
Mirziyoyev hukumatning 2023-yildagi vazifalarini belgilab berdi
Sputnik O‘zbekiston
Yig‘ilishda kelgusi yilda iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi. 31.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-31T15:37+0500
2022-12-31T15:37+0500
2022-12-31T15:40+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1f/31197262_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_d64458fcab6a616921dc37c477051728.jpg
TOShKENT, 31 dek - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-dekabr kuni ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, Hukumat tarkibi va ish tizimini o‘zgartirish masalalari, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2023-yildagi eng muhim vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Yig‘ilishda kelgusi yilda iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi. Xususan, sanoatda 5 foizdan, qishloq xo‘jaligida 3 foizdan va xizmatlar sohasida 14 foizdan ziyod o‘sishga erishish maqsadi belgilandi.Iqtisodiyot va moliya vazirligiga biznes uchun sharoitlarni yaxshilash hamda soliq bazasini kengaytirish, aholining xarid qobiliyatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga yirik tarmoqlarda natijadorlikni oshirish, sanoat bormagan tumanlar salohiyatini o‘rganib, ularning “o‘sish nuqtalari”ni ishga solish vazifalari qo‘yildi. Iqtisodiyotni faqat investitsiya va eksport oldinga tortishi, kelgusi yil eksport hajmini 23 milliard dollardan oshirish zarurligi ta’kidlandi. Umumiy qiymati 8 milliard dollarlik 300 dan ziyod loyiha ishga tushirilishi va yana 40 ta yangi yirik loyiha boshlanishi qayd etildi.Transport sohasida yo‘lovchi tashish xizmatlarini yaxshilash, barcha yo‘llarning raqamli xaritasini ishlab chiqish, yo‘llarda servisni ko‘paytirish choralari belgilandi.Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, ilm-fan, turizm, madaniyat va sportni rivojlantirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Sog‘liqni saqlash va farmatsevtikada korrupsiyani yo‘q qilish, davlat qaramog‘iga muhtoj bemorlar bilan tizimli ishlash zarurligi ta’kidlandi.Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda joriy yilda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1f/31197262_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_51a7774de65474cd1b5d7c65a68757da.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, shavkat mirziyoyev
jamiyat, shavkat mirziyoyev
Mirziyoyev hukumatning 2023-yildagi vazifalarini belgilab berdi
15:37 31.12.2022 (yangilandi: 15:40 31.12.2022) Yig‘ilishda kelgusi yilda iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi.
TOShKENT, 31 dek - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-dekabr kuni ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, Hukumat tarkibi va ish tizimini o‘zgartirish masalalari, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2023-yildagi eng muhim vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Yig‘ilishda kelgusi yilda iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi. Xususan, sanoatda 5 foizdan, qishloq xo‘jaligida 3 foizdan va xizmatlar sohasida 14 foizdan ziyod o‘sishga erishish maqsadi belgilandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga biznes uchun sharoitlarni yaxshilash hamda soliq bazasini kengaytirish, aholining xarid qobiliyatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga yirik tarmoqlarda natijadorlikni oshirish, sanoat bormagan tumanlar salohiyatini o‘rganib, ularning “o‘sish nuqtalari”ni ishga solish vazifalari qo‘yildi. Iqtisodiyotni faqat investitsiya va eksport oldinga tortishi, kelgusi yil eksport hajmini 23 milliard dollardan oshirish zarurligi ta’kidlandi. Umumiy qiymati 8 milliard dollarlik 300 dan ziyod loyiha ishga tushirilishi va yana 40 ta yangi yirik loyiha boshlanishi qayd etildi.
Transport sohasida yo‘lovchi tashish xizmatlarini yaxshilash, barcha yo‘llarning raqamli xaritasini ishlab chiqish, yo‘llarda servisni ko‘paytirish choralari belgilandi.
Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, ilm-fan, turizm, madaniyat va sportni rivojlantirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Sog‘liqni saqlash va farmatsevtikada korrupsiyani yo‘q qilish, davlat qaramog‘iga muhtoj bemorlar bilan tizimli ishlash zarurligi ta’kidlandi.
“Vazirlar izlanishi, butun tizimi bilan amalda o‘zgarish qilishi kerak. Hammamiz oddiy va fidoyi bo‘lib, xalqni sevib, qattiq mehnat qilishimiz zarur. Pirovard maqsadimiz – xalqimizni rozi qilish”, - dedi Prezident.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda joriy yilda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.