Dekabrda zaxirasi 6,7 mlrd kub metrdan ortiq ikkita yangi gaz koni ochildi – “O‘zbekneftgaz”

© Press-slujba "Uzbekneftegaza"Spetsialisti predpriyatiy AO "Uzbekneftegaz" poluchili noviy promishlenniy pritok prirodnogo gaza s razvedochnoy skvajini №7 mestorojdeniya "Uchtepa"
Spetsialisti predpriyatiy AO Uzbekneftegaz poluchili noviy promishlenniy pritok prirodnogo gaza s razvedochnoy skvajini №7 mestorojdeniya Uchtepa  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2022
Obuna bo‘lish
“Moyquduq” va “Yangi Tegirmon” konlarida mos ravishda 1,7 va 5,0 mlrd kub metrdan ortiq tabiiy gaz zaxiralari mavjudligi taxmin qilinmoqda.
TOShKENT, 31 dek - Sputnik. Buxoro viloyati hududida amalga oshirilgan neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari doirasida joriy yilning dekabr oyida 2 ta yangi – “Moyquduq” va “Yangi Tegirmon” gazkondensat konlari ochildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Mukammal tahlillarga tayangan holda “Moyquduq” va “Yangi Tegirmon” konlarida dastlabki 1-sonli quduqlar qisqa muddatlarda mos ravishda 2670 va 2140 metr chuqurlikgacha muvaffaqiyatli burg‘ilab tugatilgan.
Quduqlardagi istiqbolli qatlamlarning tabiiy gazga mahsuldorligini baholash maqsadida bajarilgan sinov-o‘zlashtirish ishlari natijasida ularning har biridan kunlik 150-125 ming kub metr miqdorida tabiiy gaz mahsuloti olinib, “Yangi Tegirmon” va “Moyquduq” yangi gazkondensat konlarining ochilishiga erishilgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, “Moyquduq” va “Yangi Tegirmon” konlarida mos ravishda 1,7 va 5,0 mlrd kub metrdan ortiq tabiiy gaz hamda umumiy 150 ming tonnadan ortiq gaz kondensati xomashosi zaxiralari mavjudligi taxmin qilinmoqda.
Hozirda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan tabiiy gaz qazib chiqarishni oshirishni ta’minlash maqsadida ushbu konlarda navbatdagi 2-sonli quduqlarni burg‘ilash uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0