Bayram kunlarida qanday o‘zbek filmlarini tomosha qilish mumkin

© Foto : NA "Uzbekkino"Film "Dve tisachi pesen Faridi"
Film Dve tisachi pesen Faridi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2022
Obuna bo‘lish
Ta’til kunlarida qanday o‘zbek filmlarini tomosha qilib, hordiq chiqarish mumkin? Sputnik shunday filmlar beshtaligini tuzdi
Yangi yil bayramiga sanoqli kunlar qoldi. Bayram munosabati bilan berilgan ta’til kunlarida ko‘pchilik vaqtini oila davrasida, televizor qarshisida o‘tkazadi.
Ta’til kunlarida qanday o‘zbek filmlarini tomosha qilib, hordiq chiqarish mumkin? Sputnik shunday filmlar beshtaligini tuzdi hamda suratga olinganiga ko‘p bo‘lmagan, shuningdek, sog‘inib tomosha qilinadigan filmlarni jamladi.

“Samarqandda qovun tarovati”

2021 yilda suratga olingan “Samarqandda qovun tarovati” filmi oddiy odamlar haqida hikoya qiladi. Film rejissori – Ali Hamrayev. “Samarqandda qovun tarovati” filmi joriy yil Milan shahrida bo‘lib o‘tgan V FELIX xalqaro kinofestivalida g‘olib bo‘ldi. Ushbu kinofestivalning maqsadi kino, dizayn va madaniyat orqali insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilishdan iborat.

“Issiq non”

“Issiq non” “O‘zbekkino” Milliy agentligining buyurtmasiga ko‘ra, “O‘zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan tasvirga olingan. Film rejissori – Umid Hamdamov. Film bosh qahramon — Zulfiya ismli 13-14 yoshlardagi qizchaning maktab-internatdan ko‘chib, endi oyisi bilan yashashi haqidagi orzular og‘ushida, quvonch bilan bu maskanni tark etishidan boshlanadi. Ammo Zulfiya darhol yolg‘onga duch keladi: buvisi uni onasining oldiga emas, o‘zining uyiga — uzoq qishloqqa olib ketadi. Davomiga qiziqqan bo‘lsangiz, filmni albatta tomosha qiling.

“Faridaning 2000 qo‘shig‘i”

“Faridaning 2000 qo‘shig‘i” 2020-yilda “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Fox music cinema” studiyasi tomonidan suratga olingan. Film rejissori – Yolqin To‘ychiyev. Filmda o‘tgan asrning boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealarning shu yurt aholisiga ko‘rsatgan ta’siri bir oila misolida ochib beriladi.

“Mahallada duv-duv gap”

“Mahallada duv-duv gap“ filmi 1960-yilda yaratilgan. U oq-qora kinotasmaga olingan o‘zbek kinokomediyasi hisoblanadi. Filmga Yuriy Stepchuk rejissorlik, Shuhrat Abbosov produserlik qilgan. “Mahallada duv-duv gap” eng sara o‘zbek filmlaridan biri. Filmda Toshkent shahrining eski qismidagi mahallalardan biridagi zamonaviy turar-joy binolari qanday qurilayotgani haqida hikoya qilinadi.

“Kelinlar qo‘zg‘oloni”

“Kelinlar qo‘zg‘oloni” taniqli o‘zbek rejissori Melis Abzalov tomonidan 1984-yilda yaratilgan. Komediya Said Ahmadning shu nomli asari asosida suratga olingan. Film sovet davrida olingan eng yaxshi o‘zbek kinokomediyalaridan biri hisoblanadi. Kinokomediyada Farmon bibi mehribon, ammo juda qattiqqo‘l ona bo‘lib, o‘zining yetti o‘g‘li va ularning oilalari bilan bir hovlida yashaydi. Eng kenja kelin Nigora Farmon bibiga qarshi “qo‘zg‘olon” ko‘taradi, boshqa kelinlar esa uni qo‘llab-quvvatlaydi.
Yangiliklar lentasi
0