Ayrim tumanlarda tadbirkorlar uchun foyda solig‘i 1 %ga tushirildi

© Pexels / Olia DanilevichNalogi
Nalogi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2022
Obuna bo‘lish
2023 yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha soliq solishning alohida tabaqalashtirilgan tartibi joriy etiladi.
TOShKENT, 31 dek - Sputnik. 2023-yildan O‘zbekistonning sharoiti og‘ir bo‘lgan tumanlarida tadbirkorlar uchun foyda solig‘i 1 foizga tushiriladi. Bu haqda prezidentning “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.
Farmonga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan:
respublikaning 208 ta tuman va shaharlari 5 ta toifaga ajratiladi;
tuman va shahar toifasidan kelib chiqib, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar beriladi.
2023 yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha soliq solishning quyidagi tabaqalashtirilgan tartibi joriy etiladi:
5-toifadagi (quyidagi jadvalda keltirilgan) tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar:
foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdoridagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
Yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasa, budjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
Shuningdek, 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan YaTTlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini to‘lashdan ozod qilinadi.
2023 yil 1-yanvardan 4 va 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan kichik tadbirkorlik subyektlariga:
banklarning kredit va lizinglari bo‘yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 40 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya;
banklar kreditlarining 75 foizigacha, biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi.
Farmon bilan shuningdek, quyidagilar tasdiqlandi:
aholi va tadbirkorlarga subsidiya ajratishning oshirilgan miqdorlari;
tadbirkorlik faoliyatini tuman va shaharlar toifalaridan kelib chiqib qo‘llab-quvvatlash choralari.
Yangiliklar lentasi
0