Yil yo‘qotishlari - 2022: bizni tark etgan ilm-fan, san’at va davlat arboblari
© Sputnik / Aleksandr Paniotov
/ Obuna bo‘lish
Akademik olimlar, taniqli xonanda va aktorlar, dramaturg va shoirlar - 2022-yilning eng og‘riqli yo‘qotishlari bilan batafsil maqolamizda tanishing.
Tugab borayotgan 2022-yil darhaqiqat murakkab turli qayg‘uli voqealarga boy bo‘ldi. O‘tgan yilda ko‘plab taniqli san’at ilm va fan hamda davlat arboblari bizni tark etishdi. Yilning eng og‘riqli yo‘qotishlari bilan batafsil maqolamizda tanishing.
Ilm va fan arboblari
Arxeolog olim Edvard Rtveladze. Yil boshida 10-fevral kuni nafaqat O‘zbekistonda, balkim MDH va butun dunyoga taniqli arxeolog olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Rtveladze Edvard Vasilyevich 80 yoshida vafot etdi.
© Vsemirnoe obshestvo kulturnogo naslediyaEdvard Rtveladze
Edvard Rtveladze
© Vsemirnoe obshestvo kulturnogo naslediya
Edvard Rtveladze Markaziy Osiyo, Kavkaz va qo‘shni mamlakatlarning tarixi, arxeologiyasi, numizmatikasi, madaniyati va san’ati sohasida yetuk olimi edi. U 840 dan ziyod ilmiy ish, jumladan, 41 monografiya muallifidir.
Olimning 500 dan ziyod ilmiy maqolalari Rossiya, Italiya, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Gretsiya, Gruziya, Polsha, Hindiston kabi davlatlardagi nufuzli ilmiy nashrlarda chop etilgan.
Akademik Baxtiyor Aminovich Nazarov. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, o‘zbek adabiyotshunosligidagi yirik olim, ko‘plab shogirdlarning ustozi akademik Baxtiyor Aminovich Nazarov 18-yanvar kuni 77 yoshida vafot etdi.
Baxtiyor Nazarov Fitrat, Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Abdulla Oripov mahoratini o‘rgangan, o‘rta maktablarning 9-11-sinflari uchun "O‘zbek adabiyoti" darsliklari mualliflaridan biri.
© Innovatsion rivojlanish vazirligi Abdumavlon Abdullayev
Abdumavlon Abdullayev
© Innovatsion rivojlanish vazirligi
Akademik Abdumavlon Abdullayev. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, akademik Abdumavlon Abdullayev 8-dekabr kuni 92 yoshida vafot etdi
Abdumavlon Abdullayev o‘simldiklar genetikasi sohasida yirik mutaxassis bo‘lib, u g‘o‘za genetikasi, sistematikasi, evolyutsiyasi va filogeniyasi kabi fundamental muammolarini o‘rgangan, jahondagi eng boy kolleksiyalaridan biri — g‘o‘za genofondini yaratgan va uni yangi namunalar bilan to‘ldirgan mutaxassislardan bir edi.
Professor Hasan Sharipov. Kimyo fanlari doktori, professor, Axborotlashtirish xalqaro akademiyasining “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar” bo‘limi akademigi Hasan Sharipov 13-noyabr kuni vafot etdi.
Adabiyot va san’at
Dramaturg Sharof Boshbekov. Taniqli dramaturg “Temir xotin” komediyasi muallifi Sharof Boshbekov 26-yanvar kuni vafot etdi. Sharof Boshbekov “Taqdir eshigi”, “G‘urur”, “Jumboq”, “Tentak farishtalar”, “Eshik qoqqan kim?”, “Temir xotin” kabi jiddiy komediyalar bilan o‘zbek dramaturgiya xazinasini boyitdi.
Sharof Boshbekov ssenariysi asosida “Ma’ruf va Sharif”, “Yuzsiz”, “Tilla bola”, “Masxaraboz”, “Farhod va Shirin” filmlarida ham ssenariy muallifi, ham rejissor sifatida ishtirok etdi.Boshbekov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi.
© Foto: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiSharof Boshbekov
Sharof Boshbekov
© Foto: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol. O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol 27-sentabr kuni 84 yoshida vafot etdi.
Shoir “Olam kirar yuragimga” she’riy to‘plami, “Cho‘qqilarga yog‘ildi yog‘du”, “Tosh tug‘on”, “Hasan va oy”, “Quyosh chashmasi”, “Tafakkur”, “Suvaydo”, “Umidli dunyo” kabi she’riy to‘plamlari bilan tanilgan. Shuningdek u jahon adabiyoti durdonalari - Uilyam Shekspirning “Hamlet”, “Otello”, “Antoniy va Kleopatra”, “Qish ertagi”, “Venetsiya savdogari”, “Qirol Genrix IV”, “Makbet” kabi o‘ndan ortiq dramalarini bevosita ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Undan tashqari Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy ma’naviy”, Hazrati Alining “Devon”i Farididdin Attorning ‘Mantiq ut tayr”, “Ilohiynoma”, “Asrornoma”, “Pandnoma va bulbulnoma”, “Hikmatlar”ini, Abdurahmon Jomiyning “Gulshaningda so‘lmasin Gul”, Alisher Navoiyning “Foniy gulshani” kabi jami yigirma yettita asarni o‘zbek tiliga o‘girgan.
© Soyuz pisateley UzbekistanaJamol Kamol
Jamol Kamol
© Soyuz pisateley Uzbekistana
Shoir va dramaturg Haydar Muhammad 9-oktabr kuni vafot etdi. Haydar Muhammadning "Xotinlar "gap"idan chiqqan hangoma" , "Sab’ai sayyor", "Hazilkash shoh" , "Sehrgar va ayyor", "Jinoyat ustida ushlansin", "Elor botir" kabi drama va komediyalari Hamza nomidagi O‘zbek Davlat akademik drama teatri, Muqimiy nomli respublika musiqali teatri, viloyat teatrlarida sahnalashtirilgan.
Taniqli rok-pop yulduzi Davron G‘oyipov 7-oktabr kuni 61 yoshida vafot etdi. Davron G‘oyipov 1978-yilda u “Yalla” guruhida bas gitarachi sifatida ijodini boshlagan, 1980-yilda O‘zbekistondagi ilk rok guruhi – “Original” tuzilgan. “Bu nima bu?” qo‘shig‘i guruhga katta mashhurlik olib kelgan. Bundan tashqari “Qaydasan”, “Kerak emas shahlo ko‘zlaring”, “Otkritoe okno” kabi qo‘shiqlar ham muxlislar ko‘ngillaridan joy olgan.
© Xonandaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidanDavron G‘oyipov
Davron G‘oyipov
© Xonandaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan
Xonanda va bastakor Ravshan Namozov 24-sentabr kuni 61 yoshida vafot etdi. Namozov o‘z faoliyatini 1989-yili tashkil etilgan “Qars” guruhida boshlagan edi. Xonanda zamonaviy surxon qo‘shiqlari bilan tinglovchilarga yaxshi tanish. Uning “Chipradalli”, “Kovushim”, “Yor-yor yoron-ey”, “Biyo-biyo”, “Xayol” kabi qo‘shiqlari san’at shinavandalarining ko‘nglidan joy olgan.
© Ministerstvo kulturi Respubliki UzbekistanRavshan Namozov
Ravshan Namozov
© Ministerstvo kulturi Respubliki Uzbekistan
O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova 15-mart kuni 86 yoshda vafot etdi. To‘ti Yusupova teatr sahnasida Hafiza (Abdulla Qahhor, "Shohi so‘zana"), Sonya (A.Chexov, "Vanya tog‘a"), Qorasoch (Uyg‘un, "Shubha"), Hojar (A.Qahhor, "Tobutdan tovush"), Nuri (Oybek, "Qutlug‘ qon"), Ona (E’ Robles, "O‘limdan kuchli"), Xonzoda (Hamza, "Boy ila xizmatchi"), Shafaq (M. Karim, "Oy tutilgan tunda"), Rahima (O‘. Umarbekov, "Komissiya"), Sotti (S.Ahmad, "Kelinlar qo‘zg‘oloni"), Fotima, Zebi (O‘.Umarbekov, "Shoshma quyosh", "Qiyomat qarz"), Nodira (T.To‘la, "Nodira"), Mastura (Hamza, "Paranji sirlari") kabi turli qahramonlar obrazini yaratdi.
© Foto: O‘zbek Milliy akademik drama teatriTo‘ti Yusupova
To‘ti Yusupova
© Foto: O‘zbek Milliy akademik drama teatri
O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov 16-may kuni 73 yoshida vafot etdi. Abdunazar baxshi repertuaridan “Alpomish”, “Malika ayyor”, “Sherali” va boshqa dostonlar, do‘mbira kuylari hamda Vatanga muhabbat, sadoqat, xalq hayoti mavzularida o‘zi ijod qilgan termalar o‘rin olgan.
O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev 10-aprel kuni 82 yoshida vafot etdi. Sa’dullayev ijodi davomida “Bahor qaytmaydi”, “Shaytanat”, “Bebahoginam”, “Sunami”, “Fotima va Zuhra”, “Jazo”, “Osmondagi bolalar”, “Achchiq hayot” kabi filmlarda va ko‘plab spektakllarda rollar ijro etgan. “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.
© Agentstvo kinematografii UzbekistanaLutfulla Sadullayev
Lutfulla Sadullayev
© Agentstvo kinematografii Uzbekistana
O‘zbekiston xalq artisti Maram Ixtiyorova 23-mart kuni 82 yoshda vafot etdi. Maram Ixtiyorova Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida boshlagan va uzoq yillar davomida ko‘plab spektakl va filmlarda ishtirok etgan. Shuningdek turli radioeshittirishlar va xajviy teleko‘rsatuvlarda ham muntazam qatnashgan. 2016-yilda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
© Ministerstvo kulturi Respubliki UzbekistanNarodnaya artistka Uzbekistana Maryam Ixtiyarova
Narodnaya artistka Uzbekistana Maryam Ixtiyarova
O‘zbekiston xalq artisti Viloyat Oqilova 2-fevral kuni 85 yoshida vafot etdi. Raqqosa sifatidagi faoliyati davomida “Zang”, “Larzon”, “Shodlik”, “Xorazm lazgisi”, “Pomir raqsi”, “Afg‘oncha”, “Dilrabo”, “Shodiyona” kabi ko‘plab raqslarni mahorat bilan ijro etib, mutaxassislar va xalqimiz e’tirofiga sazovor bo‘lgan.
Rakkosa Viloyat Okiloaa
Rakkosa Viloyat Okiloaa
Baletmeyster sifatida Viloyat Oqilova “Chorzarb”, “Samandariy”, “Buxoro to‘lqini”, “Tanovor 2”, “Surnay lazgisi”, “Mavrigi” kabi qator raqslarni sahnalashtirib, o‘ziga xos maktab yarata olgan san’at darg‘alaridan biri edi.
Taniqli xonanda Sanobar Matmurodova vafot etdi 11-yanvar kuni 54 yoshida vafot etdi.
Xorazmlik xonanda Sanobar Matmurodova Olmaxon Hayitovaning shogirdi bo‘lgan. O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Samarqand viloyat bo‘linmasida ish faoliyatini olib borgan. Ijodi va faoliyati davomida Samarqandda o‘nlab shogirdlar tayyorlagan.
© Foto: O‘zbekiston Madaniyat vazirligiSanobar Matmurodova
Sanobar Matmurodova
© Foto: O‘zbekiston Madaniyat vazirligi
Aktrisa Eleonora Dmitriyeva. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Eleonora Ivanovna Dmitriyeva 8-noyabr kuni 85 yoshida vafot etdi.
Toshkentdagi Rus drama teatri artisti, etakchi sahna ustasi, Eleonora Dmitriyeva 1960-yilda M.Gorkiy nomidagi Toshkent rus drama teatri truppasiga qabul qilingan. Uzoq yillar davomida u ko‘plab betakror rollar ijro etgan. Aktrisa ayniqsa Jan-Pyer Abuning “Oilaviy kechki ovqat” spektaklidagi uy bekasi roli bilan esda qolgan.
© Minkulturi UzbekistanaEleonora Dmitriyeva
Eleonora Dmitriyeva
© Minkulturi Uzbekistana
Xonanda Jasur Rafiqov 14-noyabr kuni olamdan o‘tdi. U sobiq "Ummon" guruhi xonandasi edi. Guruhning “Sokin tun”, “Qanday unutding”, “Ishon”, “Yettinchi qavat”, “Oq gulim” kabi qo‘shiqlari o‘z vaqtida yoshlar orasida mashhur bo‘lgan. Guruh 2018-yilda tarqalgan.
Bizni tark etgan davlat arboblari
Davlat arbobi Georgiy Alekseyevich Kraynov 6-iyun kuni 88 yoshida vafot etdi. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning safdoshi, davlat arbobi bo‘lgan Georgiy Alekseyevich umrining so‘nggi kunigacha Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritdi.
Bundan oldingi yillarda prezident apparatining Ishlar boshqarmasi protokol sektori mudiribo‘lgan. U “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni, “Do‘stlik” va “Mehnat shuhrati” ordeni, “Sodiq xizmatlari uchun” mukofotlariga sazovor bo‘lgan.
O‘zbekiston qahramoni Lola Murotova. Oliy Majlis Senati a’zosi Lola Murotova 30 may kuni 64 yoshida vafot etdi. U Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo‘jaligining rahbari lavozimida ishlab kelgan. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi”, “El-yurt hurmati”, “Fidokorona mehnatlari uchun”, “O‘zbekiston Qahramoni” va “Qizil yulduz” ordenlari bilan mukofotlangan.
© Foto: UzALola Murotova
Lola Murotova
© Foto: UzA