https://oz.sputniknews.uz/20221230/yil-odamlari-ozbekiston-faxrlanishi-mumkin-bolgan-2022-yil-odamlari-31192028.html
Yil odamlari: O‘zbekiston faxrlanishi mumkin bo‘lgan 2022-yil odamlari
Yil odamlari: O‘zbekiston faxrlanishi mumkin bo‘lgan 2022-yil odamlari
Sputnik O‘zbekiston
Har bir inson yil boshida o‘z oldiga maqsad qo‘yishi va yil davomida maqsadiga erishish yo‘lida tinimsiz harakat qilishi lozim. O‘shanda muvaffaqiyatlar eshigi ochilib... 30.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-30T19:52+0500
2022-12-30T19:52+0500
2023-04-05T15:49+0500
jamiyat
alisher usmonov
chempion
sport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/427/93/4279368_0:16:3069:1742_1920x0_80_0_0_e8b4936e0592abe559c5610a5c5f3e1c.jpg
Yana bir yil ortda qolmoqda. Sputnik maqsadlariga erishgan va erishayotgan, O‘zbekiston faxrlana oladigan kishilarni bir nuqtaga jamladi.“Yil kashfiyoti” – Nodirbek Abdusattorov. Joriy yil Hindistonda 44-Butun jahon shaxmat olimpiadasi o‘tkazildi. Unda Abdusattorov ham O‘zbekiston sharafini himoya qildi. Olimpiadada O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor chempion bo‘ldi. Olimpiadaning har bir doskaning individual o‘yinlarida Nodirbek Abdusattorov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Dekabr oyida Ozarbayjonning Boku shahrida shaxmat bo‘yicha grossmeyster Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda Abdusattorov chempion bo‘ldi.“Yil qahramonlari” – O‘zbekiston amputantlar termasi. Joriy yil Turkiyada bo‘lib o‘tgan amputant futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston termasi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin uchun bahsda Gaiti terma jamoasi 4:2 hisobida mag‘lub etildi. Guruh bosqichida o‘zbekistonliklar Polshani 3:1 hisobida, Ispaniyani 3:0 hisobida, Tanzaniyani esa 2:0 hisobida taslim etib, pley-off bosqichiga chiqdi. Nimchorak finalda Kolumbiya terma jamoasi ustidan 4:1 hisobida zafar quchishdi. Chorak finalda esa Italiyani 4:0 hisobida mag‘lub etishdi. Yarim finalda terma jamoa Turkiyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, finaldan mahrum bo‘lgandi. O‘zbekiston amputantlar termasi bunga qadar jahon chempionatida uchta oltin (2007, 2010, 2012), bitta kumush (1998) va ikkita bronza (1991, 2002) medaliga ega chiqqan.“Yil homiysi” – Alisher Usmonov. Asli o‘zbekistonlik rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov “Russian Creative Awards 2022”da “Yil homiysi” mukofotini oldi. Marosimning hakamlar hay’ati Usmonovning fan, ta’lim, madaniyat va sportni rivojlantirishga, shuningdek, mamlakatdan tashqarida rus madaniyatini targ‘ib qilish va saqlashga qo‘shgan hissasini qayd etdi. Mukofot uchun taqdimnomada 2006-yilda u “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasini tashkil etgani, uning maqsadi ushbu sohalardagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Rossiya ijodiy sohalarining xorijdagi obro‘sini mustahkamlash ekanligi ta’kidlangan.“Yil talabasi” – Bexruz Rasamatov. O‘zbekistonlik Bexruz Rasamatov Rossiyaning “Yil talabasi-2022” milliy mukofoti sovrindori bo‘ldi. Rasamatov asli toshkentlik bo‘lib, hozirda I.M.Sechenova nomidagi Moskva davlat tibbiyot universitetida tahsil oladi. Rasamatov “Yil talabasi. Shifokorlar” maxsus ochiq trekida “Stomatologiya” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.“Yilning eng yaxshi ayol sportchisi” – Laylo Hasanova. Bolgariyaning Sofiya shahrida taekvondo WT bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Laylo Hasanova eng yaxshi qiz taekvondochi deb topildi. Musobaqada o‘zbekistonlik 16 nafar taekvondochi ishtirok etdi va ularning 10 nafari sovrindor bo‘ldi. Jahon chempionatida Laylo Hasanova oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/427/93/4279368_104:0:2835:2048_1920x0_80_0_0_38467344601cb9a1789e6e5783f5918d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, alisher usmonov, chempion, sport
jamiyat, alisher usmonov, chempion, sport
Yil odamlari: O‘zbekiston faxrlanishi mumkin bo‘lgan 2022-yil odamlari
19:52 30.12.2022 (yangilandi: 15:49 05.04.2023) Har bir inson yil boshida o‘z oldiga maqsad qo‘yishi va yil davomida maqsadiga erishish yo‘lida tinimsiz harakat qilishi lozim. O‘shanda muvaffaqiyatlar eshigi ochilib boraveradi.
Yana bir yil ortda qolmoqda. Sputnik maqsadlariga erishgan va erishayotgan, O‘zbekiston faxrlana oladigan kishilarni bir nuqtaga jamladi.
“Yil kashfiyoti” – Nodirbek Abdusattorov. Joriy yil Hindistonda 44-Butun jahon shaxmat olimpiadasi o‘tkazildi. Unda Abdusattorov ham O‘zbekiston sharafini himoya qildi. Olimpiadada O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor chempion bo‘ldi. Olimpiadaning har bir doskaning individual o‘yinlarida Nodirbek Abdusattorov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Dekabr oyida Ozarbayjonning Boku shahrida shaxmat bo‘yicha grossmeyster Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda Abdusattorov chempion bo‘ldi.
“Yil qahramonlari” – O‘zbekiston amputantlar termasi. Joriy yil Turkiyada bo‘lib o‘tgan amputant futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston termasi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin uchun bahsda Gaiti terma jamoasi 4:2 hisobida mag‘lub etildi. Guruh bosqichida o‘zbekistonliklar Polshani 3:1 hisobida, Ispaniyani 3:0 hisobida, Tanzaniyani esa 2:0 hisobida taslim etib, pley-off bosqichiga chiqdi. Nimchorak finalda Kolumbiya terma jamoasi ustidan 4:1 hisobida zafar quchishdi. Chorak finalda esa Italiyani 4:0 hisobida mag‘lub etishdi. Yarim finalda terma jamoa Turkiyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, finaldan mahrum bo‘lgandi. O‘zbekiston amputantlar termasi bunga qadar jahon chempionatida uchta oltin (2007, 2010, 2012), bitta kumush (1998) va ikkita bronza (1991, 2002) medaliga ega chiqqan.
“Yil homiysi” – Alisher Usmonov. Asli o‘zbekistonlik rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov “Russian Creative Awards 2022”da “Yil homiysi” mukofotini oldi. Marosimning hakamlar hay’ati Usmonovning fan, ta’lim, madaniyat va sportni rivojlantirishga, shuningdek, mamlakatdan tashqarida rus madaniyatini targ‘ib qilish va saqlashga qo‘shgan hissasini qayd etdi. Mukofot uchun taqdimnomada 2006-yilda u “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasini tashkil etgani, uning maqsadi ushbu sohalardagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Rossiya ijodiy sohalarining xorijdagi obro‘sini mustahkamlash ekanligi ta’kidlangan.
“Yil talabasi” – Bexruz Rasamatov. O‘zbekistonlik Bexruz Rasamatov Rossiyaning “Yil talabasi-2022” milliy mukofoti sovrindori bo‘ldi. Rasamatov asli toshkentlik bo‘lib, hozirda I.M.Sechenova nomidagi Moskva davlat tibbiyot universitetida tahsil oladi. Rasamatov “Yil talabasi. Shifokorlar” maxsus ochiq trekida “Stomatologiya” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
“Yilning eng yaxshi ayol sportchisi” – Laylo Hasanova. Bolgariyaning Sofiya shahrida taekvondo WT bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Laylo Hasanova eng yaxshi qiz taekvondochi deb topildi. Musobaqada o‘zbekistonlik 16 nafar taekvondochi ishtirok etdi va ularning 10 nafari sovrindor bo‘ldi. Jahon chempionatida Laylo Hasanova oltin medalga sazovor bo‘ldi.