Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Yangi yilda ovqatdan zaharlanishning qanday qilib oldini olish mumkin?

© ShutterstockPishevoe otravlenie
Pishevoe otravlenie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2022
Obuna bo‘lish
Bayram taomlari uchun mahsulotlarni ishonchli do‘konlardan xarid qilgan ma’qul. Ularni tanlashda ishlab chiqarilgan sana, qanday haroratda saqlash va tarkibi bilan tanishish zarur.
Yangi yil bayramida ayrim yeguliklar ancha ilgari tayyorlab qo‘yiladi. Shu sababli bayram kunlarida ovqatdan zaharlanish hayratlanarli hol emas.
Mahsulotlarni diqqat bilan tanlang
Bayram taomlari uchun mahsulotlarni ishonchli do‘konlardan xarid qilgan ma’qul. Ularni tanlashda ishlab chiqarilgan sana, qanday haroratda saqlash va tarkibi bilan tanishish zarur.
Yog‘li go‘sht bilan ehtiyot bo‘ling
Qiymali o‘rdak go‘shti, olma bilan pishirilgan g‘oz, va yana go‘shtdan tayyorlanadigan bir qancha mazali, tansiq va bayramona taomlar... Ularning xavfliligi ham shunda: hammaning oshqozoni ko‘p miqdorda yog‘ va go‘sht hazm qilishga qodir emas. Yangi yilda ko‘proq taom iste’mol qilinishini hisobga olsak, yog‘li go‘shtni yog‘siz, kaloriyasi kam go‘shtga almashtirilsa, ko‘p noxush vaziyatlarning oldini olinadi. Go‘shtli taomlarni sabzavotlar bilan tayyorlash lozim. Shunda taom oshqozonda og‘irlik va jig‘ildon qaynashini chaqirmaydi.
Taomni uzoq muddatga saqlamang
Yanvarda ko‘p zaharlanishning sabablaridan biri uzoq muddat saqlangan yeguliklarni iste’mol qilish. Yangi yildan so‘ng ko‘p mahsulotlarni tashlab yuborishga ko‘zimiz qiymaydi, shu sababli bir necha kunlab iste’mol qilamiz. Bunday bo‘lmasligi uchun Yangi yil uchun 1-2 kunlik taom, yeguliklar tayyorlagan ma’qul.
Tez sifatini yo‘qotadigan “nozik” mahsulotlarni muzlatkichda saqlash lozim.
Spirtli ichimliklarning zararli ekanini yodda tuting
Spirtli ichimliklardan zaharlanish bayramning eng xavfli oqibatlaridan biri.
Buning oldini olish uchun ichimlik sifatiga e’tibor qaratish lozim. Spirtli ichimliklarni boshqa shirin ichimliklar bilan aralashtirmaslik, meyorga amal qilish kerak.
Bayramdan so‘ng spirtli ichimliklar odatda kuchli bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi. Alkogol mahsulotlarni mineral suv bilan ichish mumkin emas.
Ovqatdan zaharlanish holati kuzatilganda, shifokorga murojaat qilish zarur.
Yangiliklar lentasi
0