https://oz.sputniknews.uz/20221230/toshkentda-elektromobilni-yarim-soat-ichida-80-gacha-quvvatlaydigan-yangi-stantsiya-ornatildi-31184315.html
Toshkentda elektromobilni yarim soat ichida 80 %gacha quvvatlaydigan yangi stansiya o‘rnatildi
Toshkentda elektromobilni yarim soat ichida 80 %gacha quvvatlaydigan yangi stansiya o‘rnatildi
Sputnik O‘zbekiston
Ushbu zaradlash qurilmasida bir vaqtning o‘zida 2 ta elektromobilni 50-80% zaradlash uchun 25-30 daqiqa sarflanadi. Bu esa, oddiy zaradlash stansiyalardan 20 barobar... 30.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-30T16:28+0500
2022-12-30T16:28+0500
2022-12-30T16:28+0500
jamiyat
elektromobil
energetika vazirligi
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1e/31184021_0:0:1213:682_1920x0_80_0_0_4717b30d6b43037e78c2607145debcd2.jpg
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Energetika vazirligi binosida elektromobillarni tezkor zaradlash stansiyasi o‘rnatildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.Vazirlik huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan quvvati 120 kVt bo‘lgan elektromobillarni tezkor zaradlash stansiyasi o‘rnatildi.Ushbu zaradlash qurilmasida bir vaqtning o‘zida 2 ta elektromobilni 50-80% zaradlash uchun 25-30 daqiqa sarflanadi. Bu esa, oddiy zaradlash stansiyalardan 20 barobar tezkordir.Stansiya vazirlik binosining tom qismida ishga tushirilgan quyosh fotoyelektr stansiyasi orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni quvvatlaydi.Hozirda tika Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida quyosh energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni yuqori tezlikda zaradlovchi qurilmalarni yaratish va rivojlantirish loyihasi amalga oshirilmoqda.Eslatib o‘tamiz, avvalroq elektromobillarni quyosh energiyasidan yuqori tezlikda quvvatlovchi qurilma yaratilgan edi. U energiya saqlash tizimiga ega bo‘lgan quyosh fotoyelektr tizimi orqali mahalliy elektr tarmog‘i bilan parallel holda ishlaydigan elektromobillarni tez quvvatlay oladi.Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, O‘zbekiston yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 61,3 million dollarga teng bo‘lgan 1912 dona elektromobil import qilgan. Elektromobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1223 taga oshgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1e/31184021_126:0:1086:720_1920x0_80_0_0_556ccb26549bf5a06442807948b94213.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, elektromobil, energetika vazirligi, toshkent
jamiyat, elektromobil, energetika vazirligi, toshkent
Toshkentda elektromobilni yarim soat ichida 80 %gacha quvvatlaydigan yangi stansiya o‘rnatildi
Ushbu zaradlash qurilmasida bir vaqtning o‘zida 2 ta elektromobilni 50-80% zaradlash uchun 25-30 daqiqa sarflanadi. Bu esa, oddiy zaradlash stansiyalardan 20 barobar tezkordir.
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Energetika vazirligi binosida elektromobillarni tezkor zaradlash stansiyasi o‘rnatildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar
berdi. Vazirlik huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan quvvati 120 kVt bo‘lgan elektromobillarni tezkor zaradlash stansiyasi o‘rnatildi.
Ushbu zaradlash qurilmasida bir vaqtning o‘zida 2 ta elektromobilni 50-80% zaradlash uchun 25-30 daqiqa sarflanadi. Bu esa, oddiy zaradlash stansiyalardan 20 barobar tezkordir.
Stansiya vazirlik binosining tom qismida ishga tushirilgan quyosh fotoyelektr stansiyasi orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni quvvatlaydi.
Hozirda tika Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida quyosh energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni yuqori tezlikda zaradlovchi qurilmalarni yaratish va rivojlantirish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq elektromobillarni quyosh energiyasidan yuqori tezlikda quvvatlovchi qurilma yaratilgan edi. U energiya saqlash tizimiga ega bo‘lgan quyosh fotoyelektr tizimi orqali mahalliy elektr tarmog‘i bilan parallel holda ishlaydigan elektromobillarni tez quvvatlay
oladi.Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, O‘zbekiston yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 61,3 million dollarga teng bo‘lgan 1912 dona elektromobil import qilgan. Elektromobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1223 taga
oshgan.