https://oz.sputniknews.uz/20221230/sankt-peterburg-oliygohi-bilan-dizayn-borasida-hamkorlik-memorandumi-imzolandi-31170260.html
Sankt-Peterburg oliygohi bilan dizayn borasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Sankt-Peterburg oliygohi bilan dizayn borasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Sputnik O‘zbekiston
Hamkorlik loyihasi doirasida o‘zbekistonlik talabalarga charm-poyabzal mahsulotlari dastlabki namunalarining 3D maketini yaratish, kompyuter grafikasida zamonaviy... 30.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-30T07:52+0500
2022-12-30T07:52+0500
2022-12-30T07:52+0500
jamiyat
o‘zcharmsanoat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1d/31169951_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_86e8c1ba688f541d9670a84a16be8e69.jpg
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti va Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universiteti o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.“Mazkur hamkorlik Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universitetida tashkil etilgan “Ta’lim klasteri” asosida charm-poyabzal va mo‘ynachilikda ilm-fan va ishlab chiqarish strukturalarini birlashtiradi. 1,5 mln dollarlik zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan mazkur klasterda endilikda o‘zbekistonlik talabalar soha bo‘yicha tahsil olib, amaliyot o‘tashadi”, - dedi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi xodimi Surayyoxon Mamadjanova.Hamkorlik loyihasi dasturida talabalarga charm-poyabzal mahsulotlari dastlabki namunalarining 3D maketini yaratish, xomashyo tayyorlash, konstruksiyalash, kompyuter grafikasida zamonaviy dizayn yaratish, biomexanik harakatlanish va fason yaratish kabi muhim bosqichlar o‘rgatiladi.“O‘zcharmsanoat” uyushmasi delegatlari Rossiya universitetida bo‘lib, mazkur ta’lim mussasasining o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Rektor Aleksey Demidov mazkur hamkorlikni to‘la qo‘llab-quvvatladi. Endilikda uyushma tomonidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari uchun ta’lim grantlari ajratiladi va ular Rossiyada tahsil olishlari uchun imkoniyatlar yaratiladi”, - dedi u.“Ta’lim klasteri” rahbari Sergey Sherbakov charm-poyabzal texnologiyasini rivojlantirishdagi kreativ loyihalar va kutilayotgan natijalar miqdoriga qarab, Rossiyaning ishlab chiqarish korxonalariga mutaxassislarni biriktirilishini ma’lum qildi.Loyihaga ko‘ra, talabalar o‘z nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rishadi. Bu borada qo‘shma o‘quv dasturlari, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, kompyuter grafikasi, avtomatlashtirilgan murakkab dasturlar bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqilgan.“O‘zcharmsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan har yili o‘tkazib kelinadigan “UzCharmStyle” yosh dizaynerlar ko‘rgazmasida endilikda rossiyalik mutaxassislar va talabalar ham ishtirok etishadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1d/31169951_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_2a96790d0fa763bd6d9c050da74e9468.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zcharmsanoat
Sankt-Peterburg oliygohi bilan dizayn borasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Hamkorlik loyihasi doirasida o‘zbekistonlik talabalarga charm-poyabzal mahsulotlari dastlabki namunalarining 3D maketini yaratish, kompyuter grafikasida zamonaviy dizayn yaratish kabi muhim bosqichlar o‘rgatiladi.
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti va Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universiteti o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi, deb xabar bermoqda
Sputnik muxbiri.
“Mazkur hamkorlik Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universitetida tashkil etilgan “Ta’lim klasteri” asosida charm-poyabzal va mo‘ynachilikda ilm-fan va ishlab chiqarish strukturalarini birlashtiradi. 1,5 mln dollarlik zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan mazkur klasterda endilikda o‘zbekistonlik talabalar soha bo‘yicha tahsil olib, amaliyot o‘tashadi”, - dedi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi xodimi Surayyoxon Mamadjanova.
Hamkorlik loyihasi dasturida talabalarga charm-poyabzal mahsulotlari dastlabki namunalarining 3D maketini yaratish, xomashyo tayyorlash, konstruksiyalash, kompyuter grafikasida zamonaviy dizayn yaratish, biomexanik harakatlanish va fason yaratish kabi muhim bosqichlar o‘rgatiladi.
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi delegatlari Rossiya universitetida bo‘lib, mazkur ta’lim mussasasining o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Rektor Aleksey Demidov mazkur hamkorlikni to‘la qo‘llab-quvvatladi. Endilikda uyushma tomonidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari uchun ta’lim grantlari ajratiladi va ular Rossiyada tahsil olishlari uchun imkoniyatlar yaratiladi”, - dedi u.
“Ta’lim klasteri” rahbari Sergey Sherbakov charm-poyabzal texnologiyasini rivojlantirishdagi kreativ loyihalar va kutilayotgan natijalar miqdoriga qarab, Rossiyaning ishlab chiqarish korxonalariga mutaxassislarni biriktirilishini ma’lum qildi.
Loyihaga ko‘ra, talabalar o‘z nazariy bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rishadi. Bu borada qo‘shma o‘quv dasturlari, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, kompyuter grafikasi, avtomatlashtirilgan murakkab dasturlar bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqilgan.
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan har yili o‘tkazib kelinadigan “UzCharmStyle” yosh dizaynerlar ko‘rgazmasida endilikda rossiyalik mutaxassislar va talabalar ham ishtirok etishadi.