https://oz.sputniknews.uz/20221230/ranglarda-yashagan-rassom-abdulhaq-abdullaev-xotirasiga-31181982.html
Ranglarda yashagan rassom: Abdulhaq Abdullayev xotirasiga
Ranglarda yashagan rassom: Abdulhaq Abdullayev xotirasiga
Sputnik O‘zbekiston
Inson qiyofasi uning ma’nan tamadduni va rivojlanib borayotganini ko‘rsatadi. Mahoratli rassomlar esa insonlar portretini yaratish orqali o‘z g‘oyalarini ranglarda... 30.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-30T15:22+0500
2022-12-30T15:22+0500
2022-12-30T15:22+0500
madaniyat
rassom
xotira
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1e/31182136_0:0:711:401_1920x0_80_0_0_707f006824670eb55b30a73c9d7cdc1c.jpg
TOShKENT, 30 dek - Sputnik. O‘zbek tasviriy san’atida portret janrining rivojlanishida O‘zbekiston xalq rassomi Abdulhaq Abdullayev ijodining o‘rni katta. Rassom o‘zbek tasviriy san’atining realistik an’analarini davom ettirgan ilk yorqin ijodkorlardan sanaladi.Abdulhaq Abdullayev 1918-yili 30-dekabrda Turkistonda tavallud topgan. Bolalikdan tasviriy san’atga qiziqib, rasmlar chiza boshlagan.1934 yilda Moskvada o‘zbek rassomlarining birinchi ko‘rgazmasi ochildi, unda yosh rassomning “U xauza” asari namoyish etildi. Yangicha yondashuv bilan taqdim etilgan bu kartina Sharq madaniyati Davlat muzeyi tomonidan sotib olingan.Rassom tomonidan yaratilgan Nazarali Niyozov va Oybek portretlari 1950-yili Butunittifoq ko‘rgazmasida ishtirok etgan.Ijodkor Javoharlal Neru, Indira Gandi, Chingiz Axmarov, Abdulla Qahhor, Tamaraxonim, Lutfixonim Sarimsoqova, Muxtor Ashrafiy kabi muhim shaxslarning qiyofalarini turfa ranglarda muhrladi. 2001-yili 83 yoshida vafot etdi.O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi Abdulhaq Abdullayevning kartinalari O‘zbekiston davlat sa’nat muzeyida, I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san’at muzeyida, Tretyakov davlat galereyasida (Rossiya), Davlat Sharq muzeyida (Rossiya), Penaldagi Xalqlar do‘stligi muzeyida, Florensiyadagi Ufissi galereyasida saqlanadi.Ma’lumot uchun, 2018-yili Toshkentdagi Markaziy ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston xalq rassomi Abdulhaq Abdullayev tavalludining 100-yilligiga bag‘ishlab ijodiy ko‘rgazma o‘tkazilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1e/31182136_0:0:711:533_1920x0_80_0_0_c3e65f8a5c2229f5eb59849ffa0ac38a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, rassom, xotira
madaniyat, rassom, xotira
Ranglarda yashagan rassom: Abdulhaq Abdullayev xotirasiga
Inson qiyofasi uning ma’nan tamadduni va rivojlanib borayotganini ko‘rsatadi. Mahoratli rassomlar esa insonlar portretini yaratish orqali o‘z g‘oyalarini ranglarda ifodalaydilar.
TOShKENT, 30 dek - Sputnik. O‘zbek tasviriy san’atida portret janrining rivojlanishida O‘zbekiston xalq rassomi Abdulhaq Abdullayev ijodining o‘rni katta. Rassom o‘zbek tasviriy san’atining realistik an’analarini davom ettirgan ilk yorqin ijodkorlardan sanaladi.
Abdulhaq Abdullayev 1918-yili 30-dekabrda Turkistonda tavallud topgan. Bolalikdan tasviriy san’atga qiziqib, rasmlar chiza boshlagan.
1934 yilda Moskvada o‘zbek rassomlarining birinchi ko‘rgazmasi ochildi, unda yosh rassomning “U xauza” asari namoyish etildi. Yangicha yondashuv bilan taqdim etilgan bu kartina Sharq madaniyati Davlat muzeyi tomonidan sotib olingan.
Rassom tomonidan yaratilgan Nazarali Niyozov va Oybek portretlari 1950-yili Butunittifoq ko‘rgazmasida ishtirok etgan.
Ijodkor Javoharlal Neru, Indira Gandi, Chingiz Axmarov, Abdulla Qahhor, Tamaraxonim, Lutfixonim Sarimsoqova, Muxtor Ashrafiy kabi muhim shaxslarning qiyofalarini turfa ranglarda muhrladi. 2001-yili 83 yoshida vafot etdi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi Abdulhaq Abdullayevning kartinalari O‘zbekiston davlat sa’nat muzeyida, I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san’at muzeyida, Tretyakov davlat galereyasida (Rossiya), Davlat Sharq muzeyida (Rossiya), Penaldagi Xalqlar do‘stligi muzeyida, Florensiyadagi Ufissi galereyasida saqlanadi.
Ma’lumot uchun, 2018-yili Toshkentdagi Markaziy ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston xalq rassomi Abdulhaq Abdullayev tavalludining 100-yilligiga bag‘ishlab ijodiy ko‘rgazma o‘tkazilgan.