Qorbobo libosidagi harbiy orkestr: Toshkent markazida Yangi yil marshi o‘tkazildi - foto

Obuna bo‘lish
Harbiy orkestrlarning bayramona chiqishlari barcha harbiy okruglarda o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Toshkentdagi Mustaqillik maydoni va Amir Temur xiyoboni oralig‘ida joylashgan hududda Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy orkestrlarning bayramona chiqishlari namoyish etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlab harbiy orkestr sozandalari tomonidan poytaxt markaziy ko‘chalari bo‘ylab Yangi yil marshi o‘tkazildi.
“Bunday bayram tadbirlari barcha harbiy okruglarda o‘tkazilmoqda. Harbiy orkestr jamoasining bayramona kayfiyatdagi kuy-qo‘shiqlari, qorbobo va qorqizning tashrifi yig‘ilganlar uchun ko‘tarinkilik manbai bo‘lib xizmat qildi”, deyiladi xabarda.
Qorbobo libosidagi harbiy orkestr ijodiy guruhini aholining barcha qatlami ko‘tarinki ruhda qarshi oldi.
© Mudofaa vazirligi
Qorbobo libosidagi harbiy orkestr  - Sputnik O‘zbekiston
1/7
© Mudofaa vazirligi
Qorbobo libosidagi harbiy orkestr  - Sputnik O‘zbekiston
2/7
© Mudofaa vazirligi
Qorbobo libosidagi harbiy orkestr  - Sputnik O‘zbekiston
3/7
© Mudofaa vazirligi
Qorbobo libosidagi harbiy orkestr  - Sputnik O‘zbekiston
4/7
© Mudofaa vazirligi
Qorbobo libosidagi harbiy orkestr  - Sputnik O‘zbekiston
5/7
© Mudofaa vazirligi
Qorbobo libosidagi harbiy orkestr  - Sputnik O‘zbekiston
6/7
© Mudofaa vazirligi
Qorbobo libosidagi harbiy orkestr  - Sputnik O‘zbekiston
7/7
Yangiliklar lentasi
0