https://oz.sputniknews.uz/20221230/putin-rossiya-xitoy-munosabatlari---barqaror-hamkorlik-namunasidir-31184917.html
Putin: Rossiya-Xitoy munosabatlari - barqaror hamkorlik namunasidir
Putin: Rossiya-Xitoy munosabatlari - barqaror hamkorlik namunasidir
Sputnik O‘zbekiston
O‘sib borayotgan geosiyosiy keskinlik sharoitida Rossiya-Xitoy strategik hamkorligining barqarorlashtiruvchi omil sifatidagi ahamiyati ortib bormoqda, deydi Putin. 30.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-30T17:20+0500
2022-12-30T17:20+0500
2023-04-05T18:42+0500
dunyoda
xitoy
vladimir putin
si szinpin
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/14/28383698_0:146:2800:1721_1920x0_80_0_0_377985e9df30879eb9d9b1730c0e1fc2.jpg
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar tobora kuchayib borayotgan geosiyosiy keskinlik sharoitida yetuklik va barqarorlikni namoyish etmoqda, mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar XXI asrda yirik davlatlar hamkorligining namunasidir. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan muzokaralarda ta’kidladi.Shuningdek, u Si Szinpinni Xitoy Kommunistik partiyasi 20-syezdi muvaffaqiyatli o‘tgani va shaxsan Si Szinpinni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi bosh kotibi lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi.Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro yordam va qo‘llab-quvvatlash 2022-yilda kuchayganini aytgan edi.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/14/28383698_156:0:2645:1867_1920x0_80_0_0_a4dfc92121c2bec18d1ad1f7770a2910.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, xitoy, vladimir putin, si szinpin, rossiya
dunyoda, xitoy, vladimir putin, si szinpin, rossiya
Putin: Rossiya-Xitoy munosabatlari - barqaror hamkorlik namunasidir
17:20 30.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) O‘sib borayotgan geosiyosiy keskinlik sharoitida Rossiya-Xitoy strategik hamkorligining barqarorlashtiruvchi omil sifatidagi ahamiyati ortib bormoqda, deydi Putin.
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar tobora kuchayib borayotgan geosiyosiy keskinlik sharoitida yetuklik va barqarorlikni namoyish etmoqda, mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar XXI asrda yirik davlatlar hamkorligining namunasidir. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan muzokaralarda
ta’kidladi.
“O‘sib borayotgan geosiyosiy keskinlik sharoitida Rossiya-Xitoy strategik hamkorligining barqarorlashtiruvchi omil sifatidagi ahamiyati ortib bormoqda. Bizning munosabatlarimiz barcha sinovlarga munosib qarshilik ko‘rsatmoqda, yetuklik va barqarorlikni namoyish etmoqda, jadal rivojlanishda davom etmoqda. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu rishtalar butun tarixdagi eng yaxshi aloqalar bo‘lib, XXI asrda yirik davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik namunasidir”, dedi Putin.
Shuningdek, u Si Szinpinni Xitoy Kommunistik partiyasi 20-syezdi muvaffaqiyatli o‘tgani va shaxsan Si Szinpinni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi bosh kotibi lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi.
“Sizning rahbarligingiz va Xitoy Kommunistik partiyasining yetakchi roli bilan mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ta’minlanmoqda, uning jahon miqyosidagi mavqeyi mustahkamlanmoqda”, dedi Putin.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro yordam va qo‘llab-quvvatlash 2022-yilda kuchayganini aytgan
edi.