O‘zbekiston - Qozog‘iston vazirlari hamkorlik "yo‘l xaritasini" imzolashdi

© pexels/SevenStorm JUHASZIMRUSStroyka
Stroyka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2022
Obuna bo‘lish
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov o‘rtasida muzokara o‘tkazildi.
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘ratasida investitsiya bitimlari va savdo shartnomalarini amalga oshirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokara davomida ma’lum qilindi.
Muloqot davomida asosiy e’tibor Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning yaqinda O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi yakunlari bo‘yicha ikki davlat rahbarlari tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishga qaratildi.
© Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiO‘zbekiston va Qozog‘iston o‘ratasida “Yo‘l xaritasi” imzolandi
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘ratasida “Yo‘l xaritasi” imzolandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2022
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘ratasida “Yo‘l xaritasi” imzolandi
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning barcha ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha erishilgan yirik kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston tomonidan mazkur hujjat Bosh vazir tomonidan imzolanadi.
Shuningdek, Jamshid Xodjayev va Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Serik Jumangarin investitsiya bitimlari va savdo shartnomalarini amalga oshirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” yuzasidan kelishib olishdi.
© Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiO‘zbekiston va Qozog‘iston o‘ratasida “Yo‘l xaritasi” imzolandi
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘ratasida “Yo‘l xaritasi” imzolandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2022
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘ratasida “Yo‘l xaritasi” imzolandi
Hujjat energetika, transport, elektrotexnika va kimyo sanoati, infratuzilmaviy qurilish, mashinasozlik, farmatsevtika va qishloq xo‘jaligi sohalarida investitsiyaviy va savdo hamkorligi bo‘yicha 37 ta tadbirni o‘z ichiga oladi.
Yo‘l xaritasi quyidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq qadamlarni nazarda tutadi:
Navoiy va Toshkent viloyatlarida fosforli va kompleks mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish (“Kazfosfat” MChSh va “O‘zkimosanoat” AK hamkorligida);
Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida qurilayotgan umumiy quvvati 2 GVt gacha bo‘lgan uchta yangi ko‘mir bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarining yoqilg‘i ehtiyojlarini uzoq muddatli (kamida 10-yil) Shubarko‘l konidagi ko‘mir bilan ta’minlash;
BI Group kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida uy-joy, ijtimoiy va tijorat infratuzilmasini qurish;
“Allur kompaniyalar guruhi” AJ ishtirokida Qozog‘istonda Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqarish;
Qarag‘anda viloyatida "Artel" maishiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarish;
Chimkent shahrida keramik plitkalar ishlab chiqarishni tashkil etish;
erta kartoshka, go‘sht va go‘sht mahsulotlari hamda meva-sabzavotlarni yetkazib berish.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning yaqinda O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi kunlari ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari, yirik kompaniyalari darajasida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 15 ta hujjat imzolangan edi. Savdo va investitsiya bo‘yicha imzolangan shartnomalar miqdori 8 milliard dollarga teng.
Shuningdek, ikki mamlakat yetakchilari tarixiy hujjatlar – Ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida shartnoma va O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risida shartnomani imzolashdi.
Yangiliklar lentasi
0