Bugun ayrim hududlarga tuman tushadi

© SputnikTashkent
Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2022
Obuna bo‘lish
Respublika shimolida va cho‘l xududlarining ayrim joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l xududlarining ayrim joylarida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushadi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat +7-9 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0