Iqtisod

Vazirliklar qisqargach, 2023 yil byudjeti qaytadan taqsimlanadimi?

© Sputnik / Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum
Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Byudjet va optimallashgani aniq boʻlgach, ortgan mablagʻ ijtimoiy himoyaga yoʻnaltiriladi.
TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Oʻzbekistonning 2023 yilga moʻljallangan byudjeti qayta koʻrib chiqiladi. Bu haqda AOKAda oʻtgan anjumanda moliya vaziri oʻrinbosari Jamshid Abruyev aytib oʻtdi.
Taʼkidlash joizki, 27 dekabr kuni Oliy Majlis Senatining 36-yalpi majlisida 2023 yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun tasdiqlandi. Ammo bundan bir necha kun oldin 2023 yil 1 yanvardan vazirliklar sonini qisqartirishni koʻzda tutuvchi maʼmuriy islohot eʼlon qilingandi.
Natijada koʻpchilikda byudjet toʻgʻrisida qonun qayta koʻrib chiqiladimi, degan savol paydo boʻldi. Jamshid Abruyev shu savolga javob berdi.
“3 kundan keyin yanvar oyi boshlanadi. Odamlarga oylik berish kerak, dori, oziq-ovqat va umuman har xil xarajatlari bor. Bu ishlar Senatgacha maʼqullangan qonun asosida amalga oshirilaveradi. Lekin vazirliklar tarkibi, nomi oʻzgarishi Byudjet kodeksida ham koʻzda tutilgan. Bu boʻyicha qonunga belgilangan tartibda oʻzgartirish kiritiladi. Qonun qabul qilinganidan keyin har bir vazirlikning tuzilmalari qabul qilinadi. Vazirlikda necha kishi boʻladi, ularga qanday vazifalar yuklatiladi – shundan kelib chiqqan holda ularning byudjeti qayta hisoblanadi”, - deydi Abruyev.
Mutasaddining qoʻshimcha qilishicha, qonun bilan tasdiqlangan byudjet va optimallashgani aniq boʻlgach, ortgan mablagʻ ijtimoiy himoyaga yoʻnaltiriladi.
Jamshid Abruyevga koʻra, bu boʻyicha tayyorlangan hujjatlar Oliy Majlisga kiritiladi, oʻrnatilgan tartibda unga oʻzgartirish kiritilgach, mablagʻlar belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Yangiliklar lentasi
0