Surxon qo‘riqxonasida Buxoro tog‘ qo‘ylari tasvirga olindi - video

© Davlat ekologiya qo‘mitasi Buxoro tog‘ qo‘ylari
Buxoro tog‘ qo‘ylari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘tkazilgan so‘nggi sanoq natijalariga ko‘ra, qo‘riqxonada 97 bosh Buxoro tog‘ qo‘yi aniqlangan.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Surxon davlat qo‘riqxonasida butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan Buxoro tog‘ qo‘ylari tasvirga olindi. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar berdi.
Bu jonivorlar asosan Ko‘hitang, Boysuntog‘, Hisor, Bobotog‘ tog‘ tizmalarida uchrashi kuzatiladi.

"O‘tkazilgan so‘nggi sanoq natijalariga ko‘ra, qo‘riqxonada 97 bosh Buxoro tog‘ qo‘yi aniqlangan”, - deyiladi xabarda.

Buxoro tog‘ qo‘ylari odatda, dengiz sathidan 800-2500 metr balandlikdagi tog‘ tizmalarida va siyrak archazorlarda yashaydi. Qizil kitobga kiritilgan Buxoro qo‘ylari poda bo‘lib yashaydi va mavsumiy ko‘chib yuradi.
Yangiliklar lentasi
0