https://oz.sputniknews.uz/20221229/qurilayotgan-aes-qariyib--3-mlrd-metr-kub-gazni-tejaydi---malginov--31126503.html
Qurilayotgan AES qariyb 3 mlrd. metr kub gazni tejaydi - Malginov
Qurilayotgan AES qariyb 3 mlrd. metr kub gazni tejaydi - Malginov
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Rossiya loyihalashtirgan AESni qurish va undan foydalanish jarayonida 8 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi. 29.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-29T10:56+0500
2022-12-29T10:56+0500
2022-12-29T11:10+0500
o‘zbekiston - rossiya
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
rosatom
oleg malginov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0a/18657679_0:252:3092:1991_1920x0_80_0_0_f2f6122674b4ad6a764af12650646ba7.jpg
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning “bayroqdor” yo‘nalishi atom energetikasi sohasidagi o‘zaro hamkorlik va respublikada Rossiya loyihalashtirgan atom elektr stansiyalarini qurish bo‘lishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi rahbari, elchi Oleg Malginov ma’lum qildi.Uning ta’kidlashicha, “O‘zbekistonda o‘tgan yili kuzatilgan energiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolar Rossiya va O‘zbekiston rahbarlarining 2018-yilda Toshkentda qabul qilingan qarori naqadar to‘g‘ri ekanligini” yana bir bor ko‘rsatdi.Shuningdek, stansiya qurilishi va foydalanish davrida respublikada 8 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi. Diplomatning ta’kidlashicha, mahalliylashtirish mahalliy kompaniyalarga sezilarli daromad va respublika budjetiga soliq tushumlarini keltiradi.Bundan tashqari, Malginov Rossiyaning “LUKOYL”, “Gazprom”, “Tatneft”, “Zarubejneft”, “Silovie mashini” OAJ, “RusGidro” OAJ kabi kompaniyalari O‘zbekistonda ko‘p yillardan buyon muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini va bu sohaga kiritilgan Rossiya investitsiyalarining umumiy hajmi 12 milliard dollarni tashkil etishini qo‘shimcha qildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0a/18657679_169:0:2900:2048_1920x0_80_0_0_e8a7b3ed6861f2afde3a17536ee4a93e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston - rossiya, o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, rosatom, oleg malginov
o‘zbekiston - rossiya, o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, rosatom, oleg malginov
Qurilayotgan AES qariyb 3 mlrd. metr kub gazni tejaydi - Malginov
10:56 29.12.2022 (yangilandi: 11:10 29.12.2022) O‘zbekistonda Rossiya loyihalashtirgan AESni qurish va undan foydalanish jarayonida 8 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning “bayroqdor” yo‘nalishi atom energetikasi sohasidagi o‘zaro hamkorlik va respublikada Rossiya loyihalashtirgan atom elektr stansiyalarini qurish bo‘lishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi rahbari, elchi Oleg Malginov ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, “O‘zbekistonda o‘tgan yili kuzatilgan energiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolar Rossiya va O‘zbekiston rahbarlarining 2018-yilda Toshkentda qabul qilingan qarori naqadar to‘g‘ri ekanligini” yana bir bor ko‘rsatdi.
“Bugungi kunda “Rosatom” davlat korporatsiyasi va “O‘zatom” agentligi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha bosh shartnoma loyihasi ustida ishlamoqda – bu katta va ko‘p qirrali ish. Qayd etamanki, qurilayotgan atom elektr stansiyasi qariyb 3 milliard kub metr gazni tejaydi”, - dedi elchi.
Shuningdek, stansiya qurilishi va foydalanish davrida respublikada 8 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi. Diplomatning ta’kidlashicha, mahalliylashtirish mahalliy kompaniyalarga sezilarli daromad va respublika budjetiga soliq tushumlarini keltiradi.
Bundan tashqari, Malginov Rossiyaning “LUKOYL”, “Gazprom”, “Tatneft”, “Zarubejneft”, “Silovie mashini” OAJ, “RusGidro” OAJ kabi kompaniyalari O‘zbekistonda ko‘p yillardan buyon muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini va bu sohaga kiritilgan Rossiya investitsiyalarining umumiy hajmi 12 milliard dollarni tashkil etishini qo‘shimcha qildi.