https://oz.sputniknews.uz/20221229/putin-tortta-atom-suv-osti-kemasi-qurilishini-elon-qildi-31162621.html
Putin to‘rtta atom suv osti kemasi qurilishini e’lon qildi
Putin to‘rtta atom suv osti kemasi qurilishini e’lon qildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti kelgusi yillarda mamlakat xavfsizligini ta’minlaydigan suv osti kemalari qurilishini e’lon qildi. 29.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-29T18:30+0500
2022-12-29T18:30+0500
2022-12-29T18:30+0500
rossiya
vladimir putin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1334/50/13345052_0:154:3093:1893_1920x0_80_0_0_e40ccf307c8177a1fe967c382f6455ca.jpg
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Rossiya joriy qurollanish dasturi doirasida yana to‘rtta atom suv osti kemasi quradi, bu esa kelgusi yillar davomida mamlakat xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.Bugun Putin onlayn Harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga kiruvchi kemalarda bayroq ko‘tarish va “Imperator Aleksandr III” atom suv osti kemasini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.Prezident Rossiyaning loyihalashtirilayotgan va barpo etilayotgan yadroviy raketa tashuvchi kemalari ko‘p jihatdan dunyoda noyob ekanligini, yangi suv osti va suv usti kemalari zamonaviy navigatsiya, aloqa va gidroakustika tizimlariga ega, yuqori aniqlikdagi qurollar va robot tizimlari bilan jihozlanganini ta’kidladi.“Grad” kichik raketa kemasi ham yangi avlod loyihasidir, deya qo‘shimcha qildi u."Generalissimo Suvorov" va "Imperator Aleksandr III" "Borey-A" oilasining oltinchi va yettinchi raketa tashuvchilaridir. Kemalar 16 ta "Bulava" qit’alararo ballistik raketalarini tashishga qodir. "Generalissimo Suvorov" davlat sinovlarini muvaffaqiyatli yakunladi va endilikda Tinch okean flotiga kiradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1334/50/13345052_180:0:2911:2048_1920x0_80_0_0_8587c5625eb901a94989967d4024be70.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, vladimir putin
Putin to‘rtta atom suv osti kemasi qurilishini e’lon qildi
Rossiya prezidenti kelgusi yillarda mamlakat xavfsizligini ta’minlaydigan suv osti kemalari qurilishini e’lon qildi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Rossiya joriy qurollanish dasturi doirasida yana to‘rtta atom suv osti kemasi quradi, bu esa kelgusi yillar davomida mamlakat xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deb
xabar berdi RIA Novosti.
Bugun Putin onlayn Harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga kiruvchi kemalarda bayroq ko‘tarish va “Imperator Aleksandr III” atom suv osti kemasini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.
“Shuni ta’kidlaymanki, yana to‘rtta shunday suv osti kemasi joriy davlat qurollanish dasturi doirasida quriladi. Bu o‘nlab yillar davomida Rossiya xavfsizligini ta’minlaydi”, - dedi Putin.
Prezident Rossiyaning loyihalashtirilayotgan va barpo etilayotgan yadroviy raketa tashuvchi kemalari ko‘p jihatdan dunyoda noyob ekanligini, yangi suv osti va suv usti kemalari zamonaviy navigatsiya, aloqa va gidroakustika tizimlariga ega, yuqori aniqlikdagi qurollar va robot tizimlari bilan jihozlanganini ta’kidladi.
“Shunday qilib, “Generalissimo Suvorov” atom kreyseri “Bulava” ballistik raketalari bilan qurollangan bo‘lib, bu bizning yadroviy dengiz kuchlarimiz imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi”, - dedi Putin.
“Grad” kichik raketa kemasi ham yangi avlod loyihasidir, deya qo‘shimcha qildi u.
“Ushbu toifadagi kemalar Suriyadagi jangovar topshiriqlarni hal qilishda yuqori samaradorlik ko‘rsatdi, maxsus harbiy operatsiya davomida o‘zini yaxshi namoyish qildi”, - dedi Putin.
"Generalissimo Suvorov" va "Imperator Aleksandr III" "Borey-A" oilasining oltinchi va yettinchi raketa tashuvchilaridir. Kemalar 16 ta "Bulava" qit’alararo ballistik raketalarini tashishga qodir. "Generalissimo Suvorov" davlat sinovlarini muvaffaqiyatli yakunladi va endilikda Tinch okean flotiga kiradi.