https://oz.sputniknews.uz/20221229/ozbekistonda-airbus-va-boeing-samolyotlari-uchun-aviakerosin-ishlab-chiqariladi-31138062.html
O‘zbekistonda Airbus va Boeing samolyotlari uchun aviakerosin ishlab chiqariladi
O‘zbekistonda Airbus va Boeing samolyotlari uchun aviakerosin ishlab chiqariladi
Sputnik O‘zbekiston
FNQIZ ishlab chiqargan yoqilg‘i Butunrossiya neftni qayta ishlash ilmiy-tadqiqot instituti o‘tkazadigan sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. 29.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-29T12:44+0500
2022-12-29T12:44+0500
2022-12-29T12:44+0500
iqtisod
farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (fnqiz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1d/31137808_0:52:1000:615_1920x0_80_0_0_ea189bdc2cf1ef59437e3ffab881f0ae.jpg
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (FNQIZ)da sinov tarzida gaz-turbinali dvigatellar uchun JET A-1 aviatsiya yoqilg‘isi partiyasi ishlab chiqarildi.Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yoqilg‘i Yevropa sifat standartiga javob beradi. Xalqaro aviatsiya bozorida, jumladan, Airbus va Boeing samolyotlarida unga talab juda yuqori.FNQIZ ishlab chiqargan JET A-1 aviatsiya yoqilg‘isi Butunrossiya neftni qayta ishlash ilmiy-tadqiqot instituti o‘tkazadigan malaka sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan.Bu sinovlardan so‘ng ishlab chiqarish texnologiyasi tasdiqlangan. Hozir O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligidan muvofiqlik sertifikati olinganJET A-1 yoqilg‘i ishlab chiqarish metodologiyasi ASTM texnologiya standarti asosida ishlab chiqilgan mahsulotdir. ASTM asosida texnologik jarayonni tashkil etish uchun FNQIZga 3 mln dollarlik maxsus laboratoriya jihozlari keltirildi. Laboratoriya akkreditatsiyadan o‘tkazilgani haqida tegishli attestatlar olindi.FNQIZ texnologik qurilmalarining konfiguratsiyasi aviakerosin ishlab chiqarish hajmini oyiga 8000 tonnagacha oshirish va kelajakda mahalliy hamda xorijiy aeroportlarga yetkazib berishni ko‘paytirish imkonini beradi.FNQIZ direktori Habib Latipovning so‘zlariga ko‘ra, zavod yuqori sifatli xomashoni ishonchli yetkazib beruvchisiga aylanishga tayyor. Mahalliy aeroportlarga aviakerosinni yetkazib berish geografiyasini yaratishni hamda xalqaro havo kemalariga O‘zbekistonda yuqori sifatli mahalliy yoqilg‘i quyib olish imkonini yaratish rejalashtirilmoqda.Hozirgi vaqtda FNQIZda yangi turdagi aviatsiya yoqilg‘isini sanoat ishlab chiqarishini ta’minlash ustida ish olib borilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1d/31137808_56:0:945:667_1920x0_80_0_0_4d70c8812ba668f951e5574989987ca7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (fnqiz
iqtisod, farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (fnqiz
O‘zbekistonda Airbus va Boeing samolyotlari uchun aviakerosin ishlab chiqariladi
FNQIZ ishlab chiqargan yoqilg‘i Butunrossiya neftni qayta ishlash ilmiy-tadqiqot instituti o‘tkazadigan sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (FNQIZ)da sinov tarzida gaz-turbinali dvigatellar uchun JET A-1 aviatsiya yoqilg‘isi partiyasi ishlab chiqarildi.
Energetika vazirligi matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, yoqilg‘i Yevropa sifat standartiga javob beradi. Xalqaro aviatsiya bozorida, jumladan, Airbus va Boeing samolyotlarida unga talab juda yuqori.
FNQIZ ishlab chiqargan JET A-1 aviatsiya yoqilg‘isi Butunrossiya neftni qayta ishlash ilmiy-tadqiqot instituti o‘tkazadigan malaka sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Bu sinovlardan so‘ng ishlab chiqarish texnologiyasi tasdiqlangan. Hozir O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligidan muvofiqlik sertifikati olingan
JET A-1 yoqilg‘i ishlab chiqarish metodologiyasi ASTM texnologiya standarti asosida ishlab chiqilgan mahsulotdir. ASTM asosida texnologik jarayonni tashkil etish uchun FNQIZga 3 mln dollarlik maxsus laboratoriya jihozlari keltirildi. Laboratoriya akkreditatsiyadan o‘tkazilgani haqida tegishli attestatlar olindi.
“Muvofiqlik sertifikatining qo‘lga kiritilishi zavodning yuqori sifatli va zamonaviy aviayoqilg‘i ishlab chiqarish qobiliyatidan dalolat beradi. Mahsulot barcha belgilangan standartlar va e’lon qilingan texnologiya talablariga mos keladi”, — dedi O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakili Alisher Dudoyev.
FNQIZ texnologik qurilmalarining konfiguratsiyasi aviakerosin ishlab chiqarish hajmini oyiga 8000 tonnagacha oshirish va kelajakda mahalliy hamda xorijiy aeroportlarga yetkazib berishni ko‘paytirish imkonini beradi.
FNQIZ direktori Habib Latipovning so‘zlariga ko‘ra, zavod yuqori sifatli xomashoni ishonchli yetkazib beruvchisiga aylanishga tayyor. Mahalliy aeroportlarga aviakerosinni yetkazib berish geografiyasini yaratishni hamda xalqaro havo kemalariga O‘zbekistonda yuqori sifatli mahalliy yoqilg‘i quyib olish imkonini yaratish rejalashtirilmoqda.
Hozirgi vaqtda FNQIZda yangi turdagi aviatsiya yoqilg‘isini sanoat ishlab chiqarishini ta’minlash ustida ish olib borilmoqda.