O‘zbekiston Ozarbayjonda salkam 1000 o‘rinli maktab qurapti

© AzerTacTashkent stroit v Fizuli zdanie shkoli na 960 mest
Tashkent stroit v Fizuli zdanie shkoli na 960 mest - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2022
Obuna bo‘lish
Maktab qurilishi 2023-yil avgustigacha yakunlanishi kutilmoqda.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston Ozarbayjonning Fuzuli tumanida 960 o‘rinli maktab qurmoqda. Bu haqda AzerTac xabar berdi.
Qayd etilishicha, qurilish prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekiston budjeti hisobidan amalga oshirilmoqda.
Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bu tashabbusni Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamjihatlik, do‘stlik va birodarlikning navbatdagi ko‘rinishi deb atadi.
Maktab tamal toshini qo‘yish ishlari shu yilning sentabr oyida boshlangan. Qurilish ishlari 3 gektar maydonni egallagan, unda asosiy maktab binosidan tashqari, 14 ta yordamchi bino ham bo‘ladi.
Maktabda 40 ta o‘quv xonasi, 6 ta laboratoriya, 2 ta kompyuter sinfi, 5 ta funksional sinflar, faollar zali, sport zali, oshxona, kutubxona bo‘ladi. Maktab hududida futbol maydoni, dam olish va tadbirlar o‘tkazish joylari, yugurish yo‘laklari, nazorat punkti, qozonxona, suv idishlari, transformator podstansiyasi quriladi.
Maktab qurilishi 2023-yil avgustigacha yakunlanishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0