Odessada Suvorov va Yekaterina II yodgorliklari olib tashlandi - video

Obuna bo‘lish
Odessada ushbu shahar qurilishiga asos solgan kishilar - Suvorov va Yekaterina II yodgorliklari olib tashlandi.
TOShKENT, 29 dek - Sputnik. Odessada o‘tgan tunda Suvorov va Yekaterina II yodgorliklari olib tashlandi.
Shaharga asos solgan Rossiya imperatritsasi Yekaterina II
Rasmiy xabarlarda aytilishiga ko‘ra "yodgorliklarni olib tashlash uchun shahar aholisi "Faol fuqaro" portalida ovoz bergan".
B️iroz oldin Odessa meri Truxanov ushbu yodgorliklarni buzib tashlash jamiyatda norozilik keltirib chiqarishi mumkinligini va Rossiyaga xayrixoh bo‘lgan kayfiyatlar kuchayishiga olib kelishi mumkinligini aytgan edi.
Shundan so‘ng Ukraina prezidenti va SBU va Ichki ishlar vazirligiga Odessa merni Kiyevga sodiqligini tekshirishni buyurgan edi.
Ma’lumot uchun, Odessa shahri 1794-yilda Suvorov qo‘shinlari tomonidan ozod qilingan qal’a o‘rnida Rossiya imperatori Yekaterina II buyrug‘iga asosan qurila boshlagan. Uning buyrug‘iga asosan bu yerda yangi port va yangi qal’a qurilgan. Bu ishga gollandiyalik harbiy injener taklif qilingan. 1795-yilda shaharga Odessa nomi berilgan.
"Odessa asoschilari" yodgorligi 1900-yilda ochilgan edi. Yodgorlik markazida Yekaterina II haykali va uning atrofida 4 nafar shahar qurilishiga katta hissa qo‘shgan sarkarda va davlat arboblari haykali o‘rnatilgan edi. Aytish joizki, sovet davrida ham ushbu yodgorlik olib tashlangan va 2007-yilda Odessa shahar ma’muriyati qaroriga ko‘ra qayta tiklangan edi.
© Sputnik / Sergey PolyakovPamatnik rossiyskoy imperatritse – sentralnaya figura skulpturnoy kompozitsii, izobrajayushey osnovateley Odessi.
Pamatnik rossiyskoy imperatritse – sentralnaya figura skulpturnoy kompozitsii, izobrajayushey osnovateley Odessi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2022
Pamatnik rossiyskoy imperatritse – sentralnaya figura skulpturnoy kompozitsii, izobrajayushey osnovateley Odessi.
Yangiliklar lentasi
0