https://oz.sputniknews.uz/20221229/nima-uchun-sanktsiyalar-rossiyaning-neft-sanoatini-yoq-qilolmadi-31166501.html
Nima uchun sanksiyalar Rossiyaning neft sanoatini yo‘q qilolmadi
Nima uchun sanksiyalar Rossiyaning neft sanoatini yo‘q qilolmadi
Sputnik O‘zbekiston
Igor Yushkov, Rossiya Federatsiyasi energetika xavfsizligi milliy jamg‘armasi yetakchi tahlilchisi - Sputnik uchun. 29.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-29T20:27+0500
2022-12-29T20:27+0500
2023-04-05T18:42+0500
analitika
neft
energetika
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24379953_8:219:3066:1939_1920x0_80_0_0_d754bf77b7505742db807a3519fa06b7.jpg
2022 yilda jahon energetika sektorida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Ularning barchasiga faqat Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi ziddiyatning keskinlashuvi va Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishi sabab bo‘lgani yo‘q. Garchi ular Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda vaziyatni shunday ko‘rsatmoqchi bo‘lsalar ham. Energetika inqirozida Rossiyani ayblash ular uchun foydali, chunki aslida uning paydo bo‘lishida ko‘proq jamoaviy G‘arb davlatlari aybdor."Yashil" energetika "qorasi"ga qarshiAvvalo, yevropalik siyosatchilar ko‘p yillardan buyon energetika kompaniyalariga qazib olinadigan yoqilg‘idan voz kechishlarini aytib kelishadi.Yevroburokratlar ko‘p yillar davomida biznesni neft va gaz loyihalariga kiritilgan sarmoyalarni qaytarib bo‘lmasligi bilan qo‘rqitib kelgan. Zero, Yevropa tezlashtirilgan energiya almashinuvini boshdan kechirmoqda.Demak, 10-yildan keyin hech kimga neft, gaz va ko‘mir kerak bo‘lmaydi, ularga bo‘lgan talab pasayadi, narx keskin tushadi. Natijada kompaniyalar yangi loyihalarga sarmoya kiritishni sezilarli darajada kamaytirdilar.Natijada 2021-yildayoq dunyo energiya resurslarining noaniq taqchilligiga duch keldi: eski konlar tugadi va ularning o‘rniga yangilari kelmadi. Dunyo esa qayta tiklanadigan energiya manbalar (QTEM) yetarli darajada ta’minlay olmaydigan energiyaga tobora ko‘proq muhtoj edi.Aynan G‘arb siyosatchilarining noto‘g‘ri siyosati energiya inqirozga olib keldi va 2022-yilgi voqealar jahon iqtisodiyotida allaqachon mavjud bo‘lgan salbiy jarayonlarni yanada kuchaytirdi.Iqtisodiyot o‘rniga siyosat2022 yil davomida Rossiyaga qarshi 7000 dan ortiq sanksiyalar kiritildi. Cheklovlar bevosita va bilvosita energetika sohasiga tegishli. O‘zgarishlarning umumiy natijasi energiya resurslari oqimining global qayta tuzilishi bo‘ldi. Ilgari uglevodorod bozorlari iqtisodiy nuqtayi nazardan qurilgan edi.Rossiya Yevropaga energiya resurslarini yetkazib berdi, chunki u qisqa transport tarmog‘i, shuningdek, tarixan qurilgan yetkazib berish infratuzilmasi (gaz holatida) tufayli hamma uchun foydalidir.Endi bozorlar siyosat nuqtayi nazaridan qayta tiklandi. Rossiya uglevodorodlari do‘st mamlakatlar bozorlariga - Osiyoga o‘tkaziladi.Ilgari o‘z mahsulotlarini Osiyoda sotgan yetkazib beruvchilar endilikda rus kompaniyalarining o‘rniga, Yevropa bozoriga o‘tmoqda. Ya’ni, Rossiya boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun bozorlarni o‘zgartirmoqda.Ko‘mir sanoati boshqa bozorlarga qayta yo‘naltiriladiHozirda bu jarayonni ko‘mir va neftsanoatida tugallangan deb atash mumkin. 10-avgustdan boshlab Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Rossiyadan ko‘mir olib kirishni taqiqladi. Rossiya ko‘mirining butun oqimi muqobil bozorlarga yo‘naltirildi.Energetika bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak o‘z intervyusida ko‘mir sanoatining ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 2021-yil darajasida qolishini kutayotganini ma’lum qildi. Hatto Moskvaga do‘stona munosabatda bo‘lmagan Xalqaro energetika agentligi Rossiyada ko‘mir qazib olishning atigi 7,4% ga pasayishini taxmin qilmoqda.Rossiyada ko‘mir sanoatining normal ishlashini ta’minlashning strategik vazifasi temir yo‘llarning quvvatini kengaytirishdir.Bu boshqa tarmoqlar uchun ham muhim, chunki 2022-yilda yo‘nalishlar ko‘mir bilan to‘lib qolgan, bu esa Osiyodan Rossiyaning markaziy hududlariga turli yuklarni yetkazib berishni qiyinlashtirgan.Yevropaliklar esa endi ko‘mirni AQSh, Avstraliya, Janubiy Afrika Respublikasi va boshqa uzoq mamlakatlar kabi ishlab chiqaruvchilardan sotib olmoqdalar. Endi yevropaliklar ko‘mirni etkazib berish uchun ortib borayotgan transport xarajatlarini to‘lashlari kerak bo‘ladi.“Neftning ulkan ko‘chishi” deyarli nihoyalandiYevropa Ittifoqining 5-dekabr kuni Rossiyaga qarshi sanksiyalarining oltinchi paketi kuchga kirdi. Bunda Rossiya neftini dengiz orqali olib kirishni taqiqlashni nazarda tutilgan. 5-fevraldan esa Rossiya neft mahsulotlarini import qilish taqiqlanadi.Sanksiyalardan ba’zi istisnolar mavjud, ularning asosiysi - Rossiya neftini quvurlar orqali etkazib berishga cheklovlar yo‘qligi. Bu Germaniya, Polsha, Vengriya, Slovakiya, Chexiya va Serbiyaga neft yetkazib berish imkonini berdi. Bundan tashqari, avvalroq Serbiya neftni qayta ishlash zavodlari Rossiya neftini dengiz orqali, Xorvatiya orqali qabul qilgan.Endi Yevropa Ittifoqi tankerlarni qabul qilmaydi va neft Vengriyadan Xorvatiyaga, keyin esa Serbiyaga ketadi.Ammo umuman olganda, Rossiyadan neft hajmi Osiyoga ko‘chdi. 2022-yilning asosiy “kashfiyoti” Hindiston bo‘ldi. Rossiya 2021-yilda Hindistonga neft yetkazib beruvchi yetakchi o‘ntalikka ham kirmadi, Hindistonning o‘zi esa Rossiya neftining birinchi o‘nta xaridori qatoriga kirmagan.Endi Rossiya yil oxiriga kelib hatto Saudiya Arabistoni va Iroqni ham ortda qoldirib, Hindistonning eng yirik neft yetkazib beruvchisiga aylandi. Hindiston esa dengiz orqali tashiladigan Rossiya neftining eng yirik xaridoriga aylandi.Xitoy ham Rossiyadan neft sotib olishni oshirdi. Agar neft quvurlari va tankerlar tomonidan importning umumiy hajmini hisobga olsak, Pekin Rossiya Federatsiyasidan neft xaridorlari orasida birinchi o‘rinni saqlab qolmoqda.Xitoy Rossiya neftining importini ancha oshirishi mumkin edi, biroq mamlakat butun yil davomida qattiq karantinlar joriy etilishiga sabab bo‘lgan koronavirus epidemiyasi bilan kurashdi. Bu tovarlar va insonlarningharakatini qisqartirdi, ya’ni neft iste’moli kamaydi.Ammo yil davomida rus nefti chegirma bilan sotilganligi sababli, Xitoy Rossiyadan emas, balki boshqa mamlakatlardan import qilishdan bosh tortgan holda neft iste’molini kamaytirdi.Yangi yilda neftni nima kutmoqda2023 yilda Rossiya neft eksportiga ta’sir ko‘rsatadigan eng muhim omil "narxning yuqori chegarasi" bo‘ladi. U 5-dekabrda davlatlar koalitsiyasi: G7, Yevropa Ittifoqi va Norvegiya tomonidan joriy qilingan.Sanksiyalar neft narxi bir barrel uchun 60 dollardan oshsa, Rossiyadan neftni tankerlarda tashishni taqiqlashni nazarda tutadi. Lekin uni har qanday narxda sotib olish mumkin.Xaridorga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar (jarimalar) bo‘lmaydi, hatto u Rossiya xom ashyosini chegaralangan yuqori narxda sotib olsa ham.Asosiy muammo - neftni bozorlarga, ya’ni Osiyoga qanday yetkazib berish. Negaki, “narxlar chegarasini” joriy etish Yevropa Ittifoqi va AQShning embargosini bekor qilmaydi. Rossiya neftini ularga hech qanday narxda yetkazib berish mumkin emas."Narxlar chegarasiga" tayyorlanayotgan Rossiya o‘ziga sodiq tankerlar parkini tuzdi, bu esa koalitsiya mamlakatlari talabini e’tiborsiz qoldirdi. Tankerlar juda ko‘p kerak, chunki Rossiya kompaniyalari xalqaro bozorda kemalarni ijaraga olgan. Bundan tashqari, endi savdo bozorlarigacha bo‘lgan transport masofasi ancha katta, ya’ni kema harakati uchun ko‘proq vaqt talab etiladi.Hozirda Rossiya neftini eksport qilish uchun tankerlar yetarlimi yoki yo‘q, noma’lum. Katta ehtimol bilan, flotni to‘ldirish davom etadi. Bu shuni anglatadiki, 2023-yil boshida biz Rossiya neft eksportida ikkita samarani ko‘ramiz.Birinchidan, Rossiyadan neftga chegirma oshadi. Xaridor davlatlar o‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqib harakat qiladilar. Ular mazkur pozitsiyani egallaydilar: "Biz “narxlar shiftiga" qo‘shilmadik, lekin bizga qo‘shimcha chegirma bering."Ikkinchidan, Moskva neft eksportini qisqartirishi mumkin. Bu majburiy ta’sir, chunki uni tashish uchun tankerlar yetarli emas. Biroq, bularning barchasi allaqachon 2022-yilda edi.Bahorda Yevropa davlatlari Rossiya neftini zaharli deb hisoblab, sotib olishdan qo‘rqishdi va Qo‘shma Shtatlar 1-apreldan importga taqiq joriy qildi.Rossiya kompaniyalari zudlik bilan barcha 100% neftni Osiyo bozoriga yo‘naltira olmadilar, shuning uchun ular eksportni vaqtincha qisqartirishga majbur bo‘ldilar. Shu bilan birga, neftga chegirma har bir barrel uchun 35 dollarga yetdi. Ammo kuzga kelib, eksport hajmi yil boshidagi darajaga qaytdi va dekabrda chegirma bir barrel uchun 18 dollargacha kamaydi.Sanksiyalarning teskari tomoniAlbatta, sanksiyalar umuman Rossiya iqtisodiyoti va yoqilg‘i-energetika kompleksi uchun jiddiy sinovdir. Ammo qulash bo‘lmadi. Chunki G‘arb siyosatchilari tasodifan Rossiya uchun juda qulay sharoit yaratib berishdi.Dunyoda energiya resurslari tanqisligi mavjud. Shuning uchun, agar tashqi ta’sir natijasida Rossiya energiya tashuvchilardan birining eksportini kamaytirsa, uning jahon bozorida tanqisligi kuchayadi, bu esa narxning oshishiga olib keladi.Ma’lum bo‘lishicha, eksportning har bir qolgan hajmi Rossiyaga sanksiyalar joriy etilgunga qadar bo‘lgan pul miqdorini olib keladi. Import qiluvchi davlatlar esa ko‘proq pul to‘laydi. Axir, nafaqat Rossiya xomashosi, balki boshqa har qanday davlatning energiya tashuvchilari ham qimmatlashmoqda.Moskvaga bosim o‘tkazishga urinishlar sanksiyalar tashabbuskori bo‘lgan mamlakatlarda katta xarajatlarga olib kelishi ma’lum bo‘lmoqda.Biroq Rossiya ichida ham xotirjamlikka berilish mumkin emas. Mamlakatni 2023-yilda uglevodorodlar eksporti uchun flot bilan ta’minlash va do‘st davlatlar bilan savdo qilish uchun moliyaviy infratuzilmani barpo etish zarur.Bu Rossiya Federatsiyasining budjet daromadlarini va butun iqtisodiyotining barqarorligini - Rossiya va uning do‘stona qo‘shnilarini saqlab qolishga yordam beradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24379953_810:243:3072:1940_1920x0_80_0_0_7fd9351b353f78eaa080d88e6e6aed7f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
analitika, neft, energetika, rossiya
analitika, neft, energetika, rossiya
2022 yilda jahon energetika sektorida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Ularning barchasiga faqat Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi ziddiyatning keskinlashuvi va Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishi sabab bo‘lgani yo‘q. Garchi ular Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda vaziyatni shunday ko‘rsatmoqchi bo‘lsalar ham. Energetika inqirozida Rossiyani ayblash ular uchun foydali, chunki aslida uning paydo bo‘lishida ko‘proq jamoaviy G‘arb davlatlari aybdor.
"Yashil" energetika "qorasi"ga qarshi
Avvalo, yevropalik siyosatchilar ko‘p yillardan buyon energetika kompaniyalariga qazib olinadigan yoqilg‘idan voz kechishlarini aytib kelishadi.
Yevroburokratlar ko‘p yillar davomida biznesni neft va gaz loyihalariga kiritilgan sarmoyalarni qaytarib bo‘lmasligi bilan qo‘rqitib kelgan. Zero, Yevropa tezlashtirilgan energiya almashinuvini boshdan kechirmoqda.
Demak, 10-yildan keyin hech kimga neft, gaz va ko‘mir kerak bo‘lmaydi, ularga bo‘lgan talab pasayadi, narx keskin tushadi. Natijada kompaniyalar yangi loyihalarga sarmoya kiritishni sezilarli darajada kamaytirdilar.
Natijada 2021-yildayoq dunyo energiya resurslarining noaniq taqchilligiga duch keldi: eski konlar tugadi va ularning o‘rniga yangilari kelmadi. Dunyo esa qayta tiklanadigan energiya manbalar (QTEM) yetarli darajada ta’minlay olmaydigan energiyaga tobora ko‘proq muhtoj edi.
Aynan G‘arb siyosatchilarining noto‘g‘ri siyosati energiya inqirozga olib keldi va 2022-yilgi voqealar jahon iqtisodiyotida allaqachon mavjud bo‘lgan salbiy jarayonlarni yanada kuchaytirdi.
Iqtisodiyot o‘rniga siyosat
2022 yil davomida Rossiyaga qarshi 7000 dan ortiq sanksiyalar kiritildi. Cheklovlar bevosita va bilvosita energetika sohasiga tegishli. O‘zgarishlarning umumiy natijasi energiya resurslari oqimining global qayta tuzilishi bo‘ldi. Ilgari uglevodorod bozorlari iqtisodiy nuqtayi nazardan qurilgan edi.
Rossiya Yevropaga energiya resurslarini yetkazib berdi, chunki u qisqa transport tarmog‘i, shuningdek, tarixan qurilgan yetkazib berish infratuzilmasi (gaz holatida) tufayli hamma uchun foydalidir.
Endi bozorlar siyosat nuqtayi nazaridan qayta tiklandi. Rossiya uglevodorodlari do‘st mamlakatlar bozorlariga - Osiyoga o‘tkaziladi.
Ilgari o‘z mahsulotlarini Osiyoda sotgan yetkazib beruvchilar endilikda rus kompaniyalarining o‘rniga, Yevropa bozoriga o‘tmoqda. Ya’ni, Rossiya boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun bozorlarni o‘zgartirmoqda.
Ko‘mir sanoati boshqa bozorlarga qayta yo‘naltiriladi
Hozirda bu jarayonni ko‘mir va neftsanoatida tugallangan deb atash mumkin. 10-avgustdan boshlab Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Rossiyadan ko‘mir olib kirishni taqiqladi. Rossiya ko‘mirining butun oqimi muqobil bozorlarga yo‘naltirildi.
Energetika bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak o‘z intervyusida ko‘mir sanoatining ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 2021-yil darajasida qolishini kutayotganini ma’lum qildi. Hatto Moskvaga do‘stona munosabatda bo‘lmagan Xalqaro energetika agentligi Rossiyada ko‘mir qazib olishning atigi 7,4% ga pasayishini taxmin qilmoqda.
Rossiyada ko‘mir sanoatining normal ishlashini ta’minlashning strategik vazifasi temir yo‘llarning quvvatini kengaytirishdir.
Bu boshqa tarmoqlar uchun ham muhim, chunki 2022-yilda yo‘nalishlar ko‘mir bilan to‘lib qolgan, bu esa Osiyodan Rossiyaning markaziy hududlariga turli yuklarni yetkazib berishni qiyinlashtirgan.
Yevropaliklar esa endi ko‘mirni AQSh, Avstraliya, Janubiy Afrika Respublikasi va boshqa uzoq mamlakatlar kabi ishlab chiqaruvchilardan sotib olmoqdalar. Endi yevropaliklar ko‘mirni etkazib berish uchun ortib borayotgan transport xarajatlarini to‘lashlari kerak bo‘ladi.
“Neftning ulkan ko‘chishi” deyarli nihoyalandi
Yevropa Ittifoqining 5-dekabr kuni Rossiyaga qarshi sanksiyalarining oltinchi paketi kuchga kirdi. Bunda Rossiya neftini dengiz orqali olib kirishni taqiqlashni nazarda tutilgan. 5-fevraldan esa Rossiya neft mahsulotlarini import qilish taqiqlanadi.
Sanksiyalardan ba’zi istisnolar mavjud, ularning asosiysi - Rossiya neftini quvurlar orqali etkazib berishga cheklovlar yo‘qligi. Bu Germaniya, Polsha, Vengriya, Slovakiya, Chexiya va Serbiyaga neft yetkazib berish imkonini berdi. Bundan tashqari, avvalroq Serbiya neftni qayta ishlash zavodlari Rossiya neftini dengiz orqali, Xorvatiya orqali qabul qilgan.
Endi Yevropa Ittifoqi tankerlarni qabul qilmaydi va neft Vengriyadan Xorvatiyaga, keyin esa Serbiyaga ketadi.
Ammo umuman olganda, Rossiyadan neft hajmi Osiyoga ko‘chdi. 2022-yilning asosiy “kashfiyoti” Hindiston bo‘ldi. Rossiya 2021-yilda Hindistonga neft yetkazib beruvchi yetakchi o‘ntalikka ham kirmadi, Hindistonning o‘zi esa Rossiya neftining birinchi o‘nta xaridori qatoriga kirmagan.
Endi Rossiya yil oxiriga kelib hatto Saudiya Arabistoni va Iroqni ham ortda qoldirib, Hindistonning eng yirik neft yetkazib beruvchisiga aylandi. Hindiston esa dengiz orqali tashiladigan Rossiya neftining eng yirik xaridoriga aylandi.
Xitoy ham Rossiyadan neft sotib olishni oshirdi. Agar neft quvurlari va tankerlar tomonidan importning umumiy hajmini hisobga olsak, Pekin Rossiya Federatsiyasidan neft xaridorlari orasida birinchi o‘rinni saqlab qolmoqda.
Xitoy Rossiya neftining importini ancha oshirishi mumkin edi, biroq mamlakat butun yil davomida qattiq karantinlar joriy etilishiga sabab bo‘lgan koronavirus epidemiyasi bilan kurashdi. Bu tovarlar va insonlarningharakatini qisqartirdi, ya’ni neft iste’moli kamaydi.
Ammo yil davomida rus nefti chegirma bilan sotilganligi sababli, Xitoy Rossiyadan emas, balki boshqa mamlakatlardan import qilishdan bosh tortgan holda neft iste’molini kamaytirdi.
Yangi yilda neftni nima kutmoqda
2023 yilda Rossiya neft eksportiga ta’sir ko‘rsatadigan eng muhim omil "narxning yuqori chegarasi" bo‘ladi. U 5-dekabrda davlatlar koalitsiyasi: G7, Yevropa Ittifoqi va Norvegiya tomonidan joriy qilingan.
Sanksiyalar neft narxi bir barrel uchun 60 dollardan oshsa, Rossiyadan neftni tankerlarda tashishni taqiqlashni nazarda tutadi. Lekin uni har qanday narxda sotib olish mumkin.
Xaridorga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar (jarimalar) bo‘lmaydi, hatto u Rossiya xom ashyosini chegaralangan yuqori narxda sotib olsa ham.
Asosiy muammo - neftni bozorlarga, ya’ni Osiyoga qanday yetkazib berish. Negaki, “narxlar chegarasini” joriy etish Yevropa Ittifoqi va AQShning embargosini bekor qilmaydi. Rossiya neftini ularga hech qanday narxda yetkazib berish mumkin emas.
"Narxlar chegarasiga" tayyorlanayotgan Rossiya o‘ziga sodiq tankerlar parkini tuzdi, bu esa koalitsiya mamlakatlari talabini e’tiborsiz qoldirdi. Tankerlar juda ko‘p kerak, chunki Rossiya kompaniyalari xalqaro bozorda kemalarni ijaraga olgan. Bundan tashqari, endi savdo bozorlarigacha bo‘lgan transport masofasi ancha katta, ya’ni kema harakati uchun ko‘proq vaqt talab etiladi.
Hozirda Rossiya neftini eksport qilish uchun tankerlar yetarlimi yoki yo‘q, noma’lum. Katta ehtimol bilan, flotni to‘ldirish davom etadi. Bu shuni anglatadiki, 2023-yil boshida biz Rossiya neft eksportida ikkita samarani ko‘ramiz.
Birinchidan, Rossiyadan neftga chegirma oshadi. Xaridor davlatlar o‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqib harakat qiladilar. Ular mazkur pozitsiyani egallaydilar: "Biz “narxlar shiftiga" qo‘shilmadik, lekin bizga qo‘shimcha chegirma bering."
Ikkinchidan, Moskva neft eksportini qisqartirishi mumkin. Bu majburiy ta’sir, chunki uni tashish uchun tankerlar yetarli emas. Biroq, bularning barchasi allaqachon 2022-yilda edi.
Bahorda Yevropa davlatlari Rossiya neftini zaharli deb hisoblab, sotib olishdan qo‘rqishdi va Qo‘shma Shtatlar 1-apreldan importga taqiq joriy qildi.
Rossiya kompaniyalari zudlik bilan barcha 100% neftni Osiyo bozoriga yo‘naltira olmadilar, shuning uchun ular eksportni vaqtincha qisqartirishga majbur bo‘ldilar. Shu bilan birga, neftga chegirma har bir barrel uchun 35 dollarga yetdi. Ammo kuzga kelib, eksport hajmi yil boshidagi darajaga qaytdi va dekabrda chegirma bir barrel uchun 18 dollargacha kamaydi.
Sanksiyalarning teskari tomoni
Albatta, sanksiyalar umuman Rossiya iqtisodiyoti va yoqilg‘i-energetika kompleksi uchun jiddiy sinovdir. Ammo qulash bo‘lmadi. Chunki G‘arb siyosatchilari tasodifan Rossiya uchun juda qulay sharoit yaratib berishdi.
Dunyoda energiya resurslari tanqisligi mavjud. Shuning uchun, agar tashqi ta’sir natijasida Rossiya energiya tashuvchilardan birining eksportini kamaytirsa, uning jahon bozorida tanqisligi kuchayadi, bu esa narxning oshishiga olib keladi.
Ma’lum bo‘lishicha, eksportning har bir qolgan hajmi Rossiyaga sanksiyalar joriy etilgunga qadar bo‘lgan pul miqdorini olib keladi. Import qiluvchi davlatlar esa ko‘proq pul to‘laydi. Axir, nafaqat Rossiya xomashosi, balki boshqa har qanday davlatning energiya tashuvchilari ham qimmatlashmoqda.
Moskvaga bosim o‘tkazishga urinishlar sanksiyalar tashabbuskori bo‘lgan mamlakatlarda katta xarajatlarga olib kelishi ma’lum bo‘lmoqda.
Biroq Rossiya ichida ham xotirjamlikka berilish mumkin emas. Mamlakatni 2023-yilda uglevodorodlar eksporti uchun flot bilan ta’minlash va do‘st davlatlar bilan savdo qilish uchun moliyaviy infratuzilmani barpo etish zarur.
Bu Rossiya Federatsiyasining budjet daromadlarini va butun iqtisodiyotining barqarorligini - Rossiya va uning do‘stona qo‘shnilarini saqlab qolishga yordam beradi.