Maktablarning o‘zi “rayono” va “oblono” bo‘lishi kerak – Mirziyoyev

© Foto : PulatovShavkat Mirziyoyev prinimayet uchastie v meropriyatiyax, svazannix s reformirovaniyem shkolnogo obrazovaniya.
Shavkat Mirziyoyev prinimayet uchastie v meropriyatiyax, svazannix s reformirovaniyem shkolnogo obrazovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2022
Obuna bo‘lish
Prezident tuman va viloyat xalq ta’limi bo‘limlari faoliyatiga to‘xtaldi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va tuman xalq ta’limi bo‘limi bilan endilikda prokuratura shug‘ullanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasi mutasaddilari hamda o‘qituvchilar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Biz hammani matematik qilishni istaymiz, ammo buning iloji yo‘q. Nari borsa 10 foiz bola matematik bo‘lishni istar. Biz bolaning istagidan kelib chiqib, uning talabiga ko‘ra ta’lim berishni o‘rganishimiz kerak. Bola o‘ziga nima qiziq ekanini yaxshi biladi, unga hamma fanni birdek o‘rgatishni to‘xtatib, qiziqish sohasiga urg‘u qaratish lozim”, - deydi Mirziyoyev.

U so‘zida davom etib, viloyat va tuman xalq ta’limi bo‘limlarini tanqid qildi hamda maktablarning o‘zi ularning o‘rnini egallashi kerakligini aytib o‘tdi.

“Rayono” va “oblono” siz uchun prokuror. Bu ikki tashkilotni yo‘q qilishni istayapman, maktablarning o‘zi “rayono” va “oblono” bo‘lishlaring kerak. O‘rtadagi boshqa pog‘onalar nimaga kerak? Ular bo‘lgani uchun o‘qituvchi qadam qo‘ya olmaydi. Buni sindiradigan vaqt keldi”, - deydi prezident.

Davlat rahbari tartib kerakligini, ammo buning uchun vazirligini ta’kidladi. Shuningdek, hamon eski tizim saqlanib qolayotgani, aslida, maktab “gorono”ga xo‘jayinlik qilishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

“Biz eski tizimga moyillik qilamiz, “Rayono” nima desa shuni qilamiz. Zamon o‘zgarmoqda, kechirasizu, qishloq xo‘jaligida paxtaga tizim o‘zgartirdik. Endi paxta ham, tizim ham ishlamoqda. Qachon qishloq xo‘jaligida ikki millard dollarlik eksport bo‘lar edi? Endi mana tekstil ishlamoqda, boshqa ishlab chiqarish bor”, - dedi prezident.

Yangiliklar lentasi
0