Yoshlar turizmi haftaligi: sayyohat qilishni istovchilar qayerga murojaat etishlari kerak?

© unsplash/AXP PhotographyBazar v Xive.
Bazar v Xive. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2022
Obuna bo‘lish
2023 yildan boshlab yanvar oyining birinchi 10 kunligida “Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkaziladi.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Qishki ta’til kunlari “Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkaziladi. Haftalik doirasida imtiyozli turistik paketlar asosida respublikaning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar tashkil etiladi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
“Yoshlar turizmi haftaligi” yangi yil yanvar oyining birinchi 10 kunligida bo‘lib o‘tadi.
Haftalik davomida o‘tkaziladigan tadbirlar:
Madaniy meros obektlari, muzeylar, teatr va kinoteatrlarga yoshlarning jamoaviy tashriflar;
O‘zbekiston tarixini jonli ko‘rsatuvchi teatrlashtirilgan tomoshalar;
Barcha hududlarda “Yoshlar turizmi karvoni” loyihasi;
Qoraqalpog‘istonda “Orol turizmi” haftaligi;
Kitobxonlik kunlari;
Ilm-fan namoyondalari ishtirokida mahorat darslari.

“Dam olish kunlarida sahoyat qilishni istaganlar barcha ma’lumotlarni har bir mahalladagi yoshlar yetakchilariga murojaat qilish orqali bilib olishlari mumkin”, - deyiladi xabarda.

Haftalikda talabalar, maktab o‘quvchilari, mahalla fuqarolari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
O‘zbekiston bo‘ylab sayyohat davomida temir yo‘l va aviaparvozlar uchun chiptalarga chegirmalar hamda tadbirkorlik subyektlarining tashish xizmatlariga ixtiyoriy chegirmalar belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turizm va madaniy meros vazirligi qo‘shimcha dam olish kunlari uchun madaniy meros obyektlari va muzeylarga chegirmalar e’lon qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0