Viloyatlarda suvdan foydalanish samaradorligi qay darajada

CC0 / pixabay.com / Oroshenie zemli
Oroshenie zemli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda suvdan foydalanish samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Chunki ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha respublika dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan orqada va yaqin 10-yilliklarda hududda suv tanqisligi yanada ortishi kutilmoqda.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari respublika hududlarida suvdan foydalanish samaradorligini baholadi.
Suvdan samarali foydalanish darajasini o‘rganish maqsadida - o‘rtacha 1 gektar yerni sug‘orish uchun sarflangan suv miqdori va o‘rtacha 1 kub metr suv hisobiga yetishtirilgan mahsulot hajmini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar asosida hududlarda suvdan foydalanish samaradorligi indeksi - SSI hisoblab chiqildi.

2018-2021 yillarda suvdan eng samarali foydalangan viloyatlar:

I guruh. Andijon (0,816) va Samarqand (0,780) viloyatlari suvdan foydalanishda yuqori samaradorlikka erishgan.
II guruh. Suvdan foydalanish samaradorligi o‘rtacha bo‘lgan guruhda hududlar orasida Toshkent (0,701) 2020-yilda I guruhdan o‘rin olgan edi. Buni viloyatda 2021-yilda sug‘orishda avvalgi yildagiga nisbatan ko‘p suv sarflangani bilan izohlash mumkin. Jizzax viloyatida (0,650) suvni tejaydigan texnologiyalar qo‘llanilgan maydonlar ortib borayotganligi hisobiga barqaror o‘sishga erishilgan. Shuningdek, Navoiy (0,630) va Namangan viloyatlarida (0,610) SSI indeksi oldingi yillardagiga nisbatan yuqorilagan. Farg‘ona viloyatida (0,605) SSI indeksi o‘zgarishsiz qolgan.
III guruh. Qashqadaryo (0,462), Xorazm (0,455), Surxondaryo (0,430), viloyatlari suvdan foydalanish samaradorligi nisbatan past guruhidan joy olgan bo‘lsada, SSI indeksi avvalgiyildagiga nisbatan ko‘tarilgan.
Aytish joizki, so‘nggi yillarda suvdan tejab foydalanish borasida olib borilgan islohotlar natijasida suvni tejovchi texnologiyalar (STT) qo‘llanilgan maydonlar Navoiy (28 foiz), Andijon (23,6 foiz), Jizzax (21,9 foiz) viloyatlarida kengayib bormoqda. 2021-yilda Buxoro (16,1 foiz) va Xorazm (23,1 foiz) viloyatlarida qamrov darajasi avvalgi yildagiga qaraganda 2,3-4,3 marotaba ortgan.
Lekin YaIMning suv sig‘imkorligi ko‘rsatgichi, ya’ni ma’lum miqdorda YaIM yaratish uchun sarflangan suv resurslari miqdori bo‘yicha O‘zbekistonda dunyoning boshqa mamlakatlaridan nisbatan orqada.

Xususan qiymati $1000 bo‘lgan yalpi ichki mahsulot yaratish uchun O‘zbekistonda Xitoyga qaraganda 6,6 baravar, AQShga qaraganda 9,4 baravar, Rossiyadan 11,6, Yaponiyadan 13,2 va Germaniyadan 24,8 barvar ko‘p suv sarflanadi.

Jahon tabiiy resurslar instituti (World Resources Institute) va Britaniyaning Economist Intelligence Unit tashkiloti tadqiqotlariga ko‘ra, 2040-yilga borib, suv tanqisligiga eng ko‘p uchrashi taxmin qilinayotgan 33 ta davlat orasida Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan O‘zbekiston ham bor.
Ushbu holat har bir hududda suv resusrlaridan tejamli va samarali foydalanish zarurligini anglatadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda yaqin kelajakda suv tanqisligi 7 mlrd. kub metr, 2050-yillarga borib, 12-13 mlrd. kub metr bo‘lishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0