"UzAirways" Rossiya yo‘nalishidagi reyslarga chegirma e’lon qildi

© Sputnik / Marina Lisseva / Mediabankka o‘tishBoing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways
Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2022
Obuna bo‘lish
"Uzbekistan Airways" Rossiyaning barcha shaharlariga chiptalarni 3 foizlik chegirma bilan sotib olish mumkinligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Yangi yil arafasida O‘zbekistondan Rossiya shaharlariga aviaqatnovlar uchun aviachiptalar narxlari arzonlashdi. Bu haqda "Uzbekistan Airways" xabar berdi.
Endi yo‘lovchilar aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan 3 foiz chegirma bilan sotib olishlari mumkin.
Shuningdek, chegirmani Uzbekistan Airways Sales filiali yoki aviakompaniya agentlari ham taqdim etadi.
Ma’lumot uchun, hozirda talab eng yuqori bo‘lgan Toshkent – Moskva yo‘nalishidagi qatnovlar soni haftasiga 30 tagacha ko‘paytirilgan.
"Uzbekistan Airways Express" aviaqatnovlari bilan O‘zbekistonning deyarli barcha shaharlaridan Rossiyaning 11 shahriga: Moskva, Samara, Perm, Omsk, Krasnoyarsk, Sochi, Yekaterinburg, Ufa, Qozon, Mineralnie vodi, Irkutskka parvoz qilish imkoniyati mavjud.
Shuningdek, qishki parvozlar dasturi doirasida “Yamal” aviakompaniyasi Pulkovo aeroportidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni amalga oshira boshladi. Havo yo‘nalishlari Sankt-Peterburg va respublikaning ikkita yirik shahri: Namangan va Urganchni bog‘laydi.
Qolaversa, O‘zbekistonning yangi “Air Samarkand” aviakompaniyasi Rossiyaning oltita shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Aviakompaniya ilk parvozlarini 2023-yilning fevral-mart oylarida boshlashni rejalashtirmoqda. Aviakompaniya birinchi bosqichda Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi, Yekaterinburg, Qozon va Samaraga uchadi.
Yangiliklar lentasi
0