Uch tomonlama gaz ittifoqini tuzishning qanday ijobiy tomonlari bor – Marsinkevich

© Sputnik / Mayshev AlekseyBoris Marsinkevich, rossiyskiy ekspert v sfere energetiki
Boris Marsinkevich, rossiyskiy ekspert v sfere energetiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2022
Obuna bo‘lish
Ekspertning ta’kidlashicha, uch tomonlama gaz ittifoqi mintaqadagi boshqa davlatlar uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekistonda tabiiy gaz bilan bog‘liq murakkab vaziyat mavjud. Toshkent issiqlik ta’minoti operatori Veolia Energy Tashkent kompaniyasi poytaxtning ayrim hududlarida yoqilg‘i taqchilligi tufayli IES isitish tizimida yetarli haroratni ta’minlay olmayotganini ma’lum qildi.
Energiya resurslari taqchilligini mamlakat rahbariyati ham tan oladi. O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning so‘zlariga ko‘ra, muammo iste’mol hajmining o‘sishi bilan bog‘liq: mamlakat aholisi sezilarli darajada o‘sdi, fuqarolarning farovonligi oshdi, bundan tashqari, o‘sib borayotgan sanoat uchun yoqilg‘i zarur. Bularning barchasi tabiiy gazga talabning keskin oshishiga olib keldi.

“Bundan tashqari, Markaziy Osiyo-Xitoy gaz quvurlari tizimi orqali yetkazib berish uchun Xitoy bilan aloqa shartlarini qandaydir tarzda bajarish kerak. Qishda, O‘zbekistondagi kutilmagan ob-havoni hisobga olsak, natijani ko‘rapsiz”, - deydi energetika bo‘yicha ekspert, “Geoenergetika Info” nashri bosh muharriri Boris Marsinkevich.

Qayd etilishicha, vaziyat tabiiy gaz ishlab chiqarishning qisqarishi bilan yanada og‘irlashmoqda. Buning sababi gaz konlaridagi zaxiralarning tugashi, texnologik yo‘qotishlar va boshqa omillardir.
O‘zbekiston rasmiylari Turkmanistondan 1,5 milliard kub metr gaz sotib olgan. Ekspertning fikricha, bu ichki iste’mol masalasini olib tashlashi mumkin. Ammo Xitoyga yetkazib berish bo‘yicha muammo qoladi.

“O‘zbekiston Afg‘onistonga tayyor elektr energiyasi yetkazib berishni ko‘paytirish imkoniyatiga ega. Buning uchun ishlab chiqarishni ko‘paytirish kerak. Ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun gazning qo‘shimcha hajmlari zarur”, - dedi Boris Marsinkevich Sputnik muxbiri bilan suhbatda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni muammolar hozir Qozog‘istonda ham mavjud.

“Bu, mening fikrimcha, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyadagi iqtisodchilar, gaz sohasi mutaxassislari har uchala davlat uchun o‘zaro manfaatli variantlarni topish uchun haqiqatda qandaydir uch tomonlama ittifoq tuzish haqida o‘ylashlariga sabab bo‘ldi”, - dedi u.

Ta’kidlanishicha, uch tomonlama gaz ittifoqi mintaqadagi boshqa davlatlar uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.

“Nafaqat O‘zbekiston, balki qo‘shnilar o‘rtasida o‘sib borayotgan talabni qondirish uchun gaz quvurlarining yangi variantlari paydo bo‘lishi mumkin. Qishda Qirg‘izistondan, Tojikistondan talab ortib bormoqda”, - dedi ekspert.

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novakning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati Rossiya bilan gaz importini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

“Biz O‘zbekiston va Qozog‘istondagi hamkorlarimiz bilan ularning ichki bozoriga gaz yetkazib berish hajmining o‘sishini muhokama qilmoqdamiz, chunki ularning iste’moli ortib bormoqda”, - dedi u.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin ham sheriklarning uch tomonlama ittifoq bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev noyabr oyi oxirida Kremlda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya gazini Qozog‘iston va O‘zbekiston hududi orqali tashish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirish uchun O‘zbekiston ishtirokida “uch tomonlama gaz ittifoqi”ni tashkil etish masalasini muhokama qilgan edi.

“Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston gaz sohasida, jumladan, gaz yetkazib berish va uni qayta ishlash sohasida hamkorlik qilish uchun katta salohiyatga ega”, - dedi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak.

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov dekabr boshida OAVga yo‘llagan videomurojaatida O‘zbekiston qo‘shni davlatlardan gaz va elektr energiyasini qandaydir ittifoq orqali emas, balki tijorat shartnomalari asosida import qilish niyatida ekanini aytgan edi. Qozog‘iston energetika vazirligi gaz ittifoqi masalasi uch tomonlama formatda muhokama qilinmaganini ma’lum qildi: mamlakatlar gaz tashish tizimlarining texnik imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.
Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakovning aytishicha, gaz sohasidagi hamkorlik uch tomonning ham muvofiqlashuvini talab qiladi.
Yangiliklar lentasi
0