Sohil voleyboli: o‘zbekistonlik sportchilar uchun xalqaro musobaqa muvafaqqiyatli boshlandi

© Milliy olimpiya qo‘mitasi Sohil voleyboli
Sohil voleyboli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning ikkinchi jamoasi Bangladesh II jamoasini 21:13, 21:16 hisoblarida mag‘lub etdi.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Bangladeshda boshlangan sohil voleyboli bo‘yicha xalqaro musobaqada o‘zbekistonlik sprotchilar raqib jamoani mag‘lub etdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Musobaqada Markaziy va Janubiy Osiyo (CAVA) mintaqalarining jamoalari ishtirok etmoqda. Unda O‘zbekiston, Bangladesh (2 tadan jamoa), Nepal, Shri-Lanka davlatlaridan 6 ta jamoa Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun bellashmoqda.
Dastlabki kun bahslarida Sotivoldiyeva hamda Jamolovadan iborat O‘zbekistonning ikkinchi jamoasi Bangladesh II jamoasini 21:13, 21:16 hisoblarida mag‘lub etdi.
© Milliy olimpiya qo‘mitasi Sohil voleyboli
Sohil voleyboli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2022
Sohil voleyboli
Turnir murabbiylar uchun kelasi yil Xanchjouda bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari oldidan optimal tarkibni saralab olish imkoniyatini beradi.
Reglamentga ko‘ra, bugun o‘zbekistonlik sprotchi qizlar saralash bosqichi doirasida barcha raqiblar bilan hisob-kitob qilishadi. Ertaga pley-off bahslari o‘tkaziladi.
Musobaqa 29-dekabrga qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun, o‘tkan yili turli ta’lim va sport muassasalarida voleybol bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan yoshlar soni 49 ming nafarni tashkil etgan edi. O‘zbekistonning 250 ming nafarga yaqin aholisi esa o‘z sog‘ligini tiklash va kunlik bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida voleybol o‘ynaydi.
Yangiliklar lentasi
0