Rossiyaning O‘zbekistonga kiritgan investitsiyasi miqdori oshdi

© AFP 2023 / ALEXANDER NEMENOVMoneta nominalom v odin rubl, foto iz arxiva
Moneta nominalom v odin rubl, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2022
Obuna bo‘lish
Shuningdek, O‘zbekistonga MDH davlatlaridan kelayotgan jami investitsiyalar qariyb ikki baravar oshdi.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistonga kiritgan investitsiyasi so‘nggi olti yilda 2,1 barobar oshdi. Bu Yevroosiyo taraqqiyot bankining 2022-yil uchun “O‘zaro investitsiyalar monitoringi” hisobotida keltirilgan.
Shuningdek, respublikaga MDH davlatlaridan jami investitsiyalar qariyb ikki baravar oshdi. 2020-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning o‘zaro investitsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 20,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2016-yilda bu ko‘rsatkich 11,7 foizni tashkil etgandi.
YeTB mutaxassislari bu o‘sishni investitsiya muhitining yaxshilangani va respublika iqtisodiyotining rivojlanishi bilan izohlamoqda.
MDHning asosiy investori Rossiya bo‘lib, joriy yilda uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyadagi ulushi 79,2 foizni tashkil etdi. Qozog‘iston va Ozarbayjon ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda – ularning ulushi mos ravishda 9,5% va 8,4%.
Hamdo‘stlik mamlakatlari, asosan, neft va tabiiy gaz, metall rudalarini qazib olish, shuningdek, quruqlik va quvur transporti faoliyatiga sarmoya kiritgan.
Rossiya O‘zbekistonning asosiy investitsiyaviy hamkori bo‘lib qolmoqda. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikadagi kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmining 20% ​​dan ortig‘i Rossiya Federatsiyasi hissasiga to‘g‘ri keladi.
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida jami investitsiyalar hajmi 190 trillion so‘mni tashkil etdi. Ularning 72 trillion so‘mi xorijiy investitsiyalar va kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Xorijiy investitsiyalar hajmi bo‘yicha Rossiya yetakchilik qilmoqda - bu umumiy hajmning 21 foizini tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinda Xitoy – 19,9 foiz, uchinchi o‘rinda Turkiya – 10,4 foiz.
Rossiya an’anaviy ravishda O‘zbekiston iqtisodiyotiga eng yirik sarmoyadorlardan biri hisoblanadi. Hamkorlikning barcha davrida Rossiyadan respublikaga kiritilgan sarmoyalarning umumiy hajmi 10 milliard dollardan ortiqni tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0