Kuryer v Moskve. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Migratsiya

Rossiyada migrantlar uchun yangi xizmat yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka oʻtishTsentr sodeystviya migrantam v Volgograde
Tsentr sodeystviya migrantam v Volgograde - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.12.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya Migratsiya bosh boshqarmasi saytida alohida xizmat paydo boʻladi.
TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Migrantlar muammo tugʻilgan paytda ular nima qilishlari mumkinligi haqida maʼlumot beradigan xizmatni yaratish ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda Rossiya IIV migratsiya masalalari boʻyicha Bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Dmitriy Demidenko maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, Migratsiya bosh boshqarmasi saytida zaruriy vaziyatlar deb ataluvchi alohida xizmat paydo boʻladi.

“Biz nima qilishni xohlayapmiz? Fuqarolar, jumladan, Qirgʻiziston fuqarolari murojaatlari asosida qoʻllanma paydo boʻladi, masalan, qabul qiluvchi tomon meni migratsiya roʻyxatiga qoʻyishni istamasa, nima qilishim kerak va shunga oʻxshash holatlarda. Ikki oydan soʻng bu xizmatni ishga tushirishni rejalashtiryapmiz”, - dedi Demidenko Sputnik Qirgʻiziston bilan suhbatda.

Shuningdek, u koʻplab savollar, jumladan, vaqtinchalik yoki doimiy maqomni rasmiylashtirish bilan bogʻliq masalalarga oid maʼlumot boshqarma saytida mavjudligini eslatdi.
Demidenko migrantlarni vositachilar xizmatidan foydalanmaslikka chaqirdi, chunki chuv tushishlari mumkin.
Avvalroq Rossiyada migrantning elektron guvohnomasi joriy etilishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0