Prezident stipendiyasini qo‘lga kiritgan magistrlar ma’lum bo‘ldi
08:03 28.12.2022 (yangilandi: 10:14 28.12.2022)
© Sputnik / Vitaliy AnkovStudenti v auditorii
© Sputnik / Vitaliy Ankov
Obuna bo‘lish
Prezident stipendiyasi talabalarga 1-sentabrdan boshlab, belgilangan miqdorlarga qat’iy rioya qilingan holda tayinlanadi.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Prezident davlat stipendiyasiga 21 nafar magistr munosib ko‘rildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
2022/2023-o‘quv yilida magistratura bosqichi uchun O‘zbekiston prezidentining davlat stipendiyasiga respublika oliy ta’lim muassasalarining 21 nafar talabasi tanlov komissiyasi qaroriga ko‘ra munosib deb topildi.
Prezident stipendiyasi uchun respublikaning turli shaharlarida joylashgan oliygohlardan matematika, iqtisod, biologiya, fizika, jurnalistika, san’at, huquqq, ijtimoiy fanlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, muhandislik ishi, ishlab chiqarish, arxitektura, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, sog‘liqni saqlash, gigiyena va xizmat ko‘rsatish sohalaridan bir nafar magistrlar tanlab olindi.
Prezident stipendiyasi talabalarga 1-sentabrdan boshlab, belgilangan miqdorlarga qat’iy rioya qilingan holda tayinlanadi.
Shuningdek, sovrindor bo‘lgan talabalarning ilmiy rahbarlari ham belgilangan tartibda moddiy rag‘batlantiriladi.
Ma’lumot uchun, prezident stipendiyasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasalari (bakalavriat va magistratura bo‘yicha alohida) talabalariga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalariga binoan tayinlanadi.
Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabalar rektor tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravaridagi bir martalik pul mablag‘i bilan mukofotlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2022/2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 566 nafar talabasi O‘zbekiston prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rilgani ma’lum qilingandi.