https://oz.sputniknews.uz/20221228/ozbekiston-va-qirgiziston-chegara-demarkatsiyasini-yakunlash-uchun-hujjatlarni-tayyorladi-31097489.html
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara demarkatsiyasini yakunlash uchun hujjatlarni tayyorladi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara demarkatsiyasini yakunlash uchun hujjatlarni tayyorladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘shda O‘zbekiston va Qirg‘iziston delegatsiyalari uchrashuvi o‘tkazildi. 28.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-28T12:58+0500
2022-12-28T12:58+0500
2022-12-28T12:58+0500
siyosat
o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari
o‘zbekiston
qirg‘iziston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1c/31097711_0:106:1177:768_1920x0_80_0_0_5c2f137a05ba1038102fda2e4f8d8278.jpg
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston vakillari O‘shda uchrashib, davlat chegarasining umumiy uchastkasini demarkatsiya qilishni yakunlash bilan bog‘liq tashkiliy-texnik masalalarni muhokama qildi. Bu haqda kecha Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida ishtirokchilar qirg‘iz-o‘zbek chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha “ishni tartibga soluvchi huquqiy-texnik hujjatlar” loyihalarini tayyorlagan.Tadbir yakunlari bo‘yicha bayonnoma imzolangan. Navbatdagi uchrashuv O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tadi.Shu yilning kuzida ikki davlat parlamentlari chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvni ratifikatsiya qilgan edi. Keyinroq 29-noyabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, 30-noyabr kuni O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev chegaralarni demarkatsiya qilish bo‘yicha bitimlarni tasdiqladi.Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara uzunligi qariyb 1,38 ming km. Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng, chegarada o‘nlab bahsli hududlar paydo bo‘ldi va deyarli 30-yil davomida ular bo‘yicha murosaga kelishning iloji bo‘lmadi. Tomonlar chegaraning umumiy uchastkasini demarkatsiya va delimitatsiya qilish bo‘yicha faqat 2017-yilda faol ishlay boshladilar.
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/1c/31097711_7:0:1171:873_1920x0_80_0_0_2eb43d306e01f42ce4b6985cbf54a6f5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari, o‘zbekiston, qirg‘iziston
siyosat, o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari, o‘zbekiston, qirg‘iziston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara demarkatsiyasini yakunlash uchun hujjatlarni tayyorladi
O‘shda O‘zbekiston va Qirg‘iziston delegatsiyalari uchrashuvi o‘tkazildi.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston vakillari O‘shda uchrashib, davlat chegarasining umumiy uchastkasini demarkatsiya qilishni yakunlash bilan bog‘liq tashkiliy-texnik masalalarni muhokama qildi. Bu haqda kecha Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati
xabar berdi.
“2022 yilning 23-27 dekabr kunlari O‘sh shahrida (Qirg‘iziston) Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi”, - deyiladi xabarda.
Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida ishtirokchilar qirg‘iz-o‘zbek chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha “ishni tartibga soluvchi huquqiy-texnik hujjatlar” loyihalarini tayyorlagan.
Tadbir yakunlari bo‘yicha bayonnoma imzolangan. Navbatdagi uchrashuv O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tadi.
Shu yilning kuzida ikki davlat parlamentlari chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvni ratifikatsiya qilgan edi. Keyinroq 29-noyabr kuni Qirg‘iziston
prezidenti Sadir Japarov, 30-noyabr kuni O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev
chegaralarni demarkatsiya qilish bo‘yicha bitimlarni tasdiqladi.
Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara uzunligi qariyb 1,38 ming km. Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng, chegarada o‘nlab bahsli hududlar paydo bo‘ldi va deyarli 30-yil davomida ular bo‘yicha murosaga kelishning iloji bo‘lmadi. Tomonlar chegaraning umumiy uchastkasini demarkatsiya va delimitatsiya qilish bo‘yicha faqat 2017-yilda faol ishlay boshladilar.