Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasini litsenziyalash IIVga o‘tkaziladi

© Depositphotos / peshkovaVoditel za rulem avtomobilya
Voditel za rulem avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2022
Obuna bo‘lish
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasini litsenziyalash vakolati olib qo‘yilmoqda.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekistonda haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasini litsenziyalash Ichki ishlar vazirligiga o‘tkaziladi. Senatning o‘ttiz oltinchi yalpi majlisida buni nazarda tutuvchi qonun ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.
Ilgari bu ish bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi shug‘ullangan.
O‘rganishlarning ko‘rsatishicha, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida ham mavjud bo‘lgan kamchiliklar avtomobil yo‘llarida turli qoidabuzarliklar va o‘lim bilan tugayotgan yo‘l-transport hodisalarining sodir etilishiga sabab bo‘lmoqda.
Bundan tashqari, qonun bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida faoliyatni litsenziyalash uchun to‘lanadigan davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida belgilanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0