Kuryer v Moskve. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Migratsiya

Rossiyada kuryer boʻlib ishlayotgan oʻzbekistonliklar xavfdan ogohlantirildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka oʻtishKuryer v Moskve. Arxivnoye foto
Kuryer v Moskve. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.12.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada kuryer boʻlib ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini muhim xavf haqida ogohlantirdi.
TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Soʻnggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolari orasida Internet orqali katta miqdordagi pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish haqidagi eʼlonlar boʻyicha muammolar yuzaga kelmoqda. Shu munosabat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ogohlantirish bilan chiqdi.
Agentlikning taʼkidlashicha, norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan kuryerlar ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.
“Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni soʻraymiz”, - deya ogohlantirgan agentlik.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga koʻra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0