Putin neft narxini chegaralashni nazarda tutuvchi shartnomalarni ta’qiqladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin podpisal ukazi o priznanii LNR i DNR
Prezident RF V. Putin podpisal ukazi o priznanii LNR i DNR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyada neft narxini chegaralashni nazarda tutuvchi shartnomalar bo‘yicha mahsulot yetkazib berish ta’qilandi.
TOShKENT, 27 dek - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin neft va neft mahsulotlari uchun "narxlar chegarasi" bilan bog‘liq maxsus chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni qabul qildi.
Unga muvofiq:
neft va neft mahsulotlari yetkazib beruvchi shartnomalarda bevosita yoki bilvosita narx chegarasi ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday shartnomalar bo‘yicha mahsulot yetkazib berishni taqiqlaydi;
neft narxini chegaralovchi shartnomalar istalgan bosqichda to‘xtatilishi mumkin;
narxlar chegarasi ostida neft yetkazib berishni taqiqlash 2023-yil 1-fevraldan kuchga kiradi va 2023-yil 1-iyulgacha amal qiladi;
neft mahsulotlarini turi va yetkazib berishni taqiqlashni uzaytirish yoki qisqartirish sanasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
Prezident alohida shartnomalar bo‘yicha neft va neft mahsulotlarini yetkazib berishga ruxsat berishi mumkin.
Rossiya neftiga qarshi sanksiyalar

Ma’lumot uchun, 2022-yil 5-dekabrdan boshlab YeI, Avstraliya va G7 davlatlari Rossiya neftiga nisbatan narxlarning yuqori chegarasini belgilash to‘g‘risidagi sanksiyasi kuchga kirdi. Unga ko‘ra, dengiz orqali eksport qilinayotgan Rossiya neftining yuqor chegarasi barreliga 60 dollar miqdorida belgilangan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arbning ushbu sanksiyasiga javoban - Rossiya o‘z manfaatlariga zid ravishd va bozor tamoyillariga nomuvfiq ravishda hech kimga neft yetkazib bermasligini ta’kidlagan edi. Shu kunga qadar Rossiya Yevropa neft ehtiyojlarining 20%ini ta’minab kelayotgan edi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0