https://oz.sputniknews.uz/20221227/peskov-31067964.html
Peskov Kiyev shartlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniyatiga munosabat bildirdi
Peskov Kiyev shartlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniyatiga munosabat bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezident matbuot kotibi Kiyevning “tinchlik sammiti” o‘tkazish taklifiga munosabat bildirdi. 27.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-27T15:59+0500
2022-12-27T15:59+0500
2023-04-05T18:42+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
bmt
muzokaralar
dmitriy peskov
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/0f/15190293_0:0:3013:1696_1920x0_80_0_0_369591d4e99fcf6d23026bd2a819b4eb.jpg
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Rossiya hech qachon birovning shartlariga ergashmagan. Bu haqda Rossiya prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.Kecha Ukraina rasmiylari fevral oyi oxirigacha BMT maydonida tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokida “tinchlik sammiti” o‘tkazishni taklif qildi. Shu bilan birga, Kiyev Rossiyani muzokaralarga faqat “kerakli xalqaro suddan” keyin taklif qilish kerakligini aytdi.Noyabr oyi boshida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arb OAVlari Kiyevni Moskva bilan muloqotga undayotgani haqidagi xabarlaridan so‘ng, muzokaralarni boshlash uchun respublika shartlarini aytib o‘tgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu “hududiy yaxlitlikni tiklash, BMT Nizomini hurmat qilish, barcha yo‘qotishlar uchun tovon to‘lash, har bir harbiy jinoyatchini jazolash va bunday holat boshqa takrorlanmasligiga kafolatdir”.Shu bilan birga, Zelenskiy avvalroq Rossiyaning amaldagi rahbariyati bilan muzokara olib borishning mumkin emasligi haqidagi farmonni imzolagan edi.Rossiya muzokaralarga tayyorligi haqida bir necha bor aytgan. Prezident Vladimir Putin barcha mojarolar diplomatik yo‘llar bilan tugashini ta’kidlagan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya har doim Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun ochiq.Peskov dekabr oyi boshida aytganidek, Zelenskiy agar xohlasa, mamlakatdagi jangovar harakatlar ertasi kuni yakunlanishi mumkinligini biladi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/0f/15190293_135:0:2866:2048_1920x0_80_0_0_07236483cf8b2b08d9b9328e1d19fb02.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, bmt, muzokaralar, dmitriy peskov, rossiya
ukraina, bmt, muzokaralar, dmitriy peskov, rossiya
Peskov Kiyev shartlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniyatiga munosabat bildirdi
15:59 27.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Rossiya prezident matbuot kotibi Kiyevning “tinchlik sammiti” o‘tkazish taklifiga munosabat bildirdi.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Rossiya hech qachon birovning shartlariga ergashmagan. Bu haqda Rossiya prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Faqat o‘zinikiga e’tibor qaratgan. Va sog‘lom fikrga”, - dedi Peskov Moskva Kiyevdan ma’lum shartlar ostida muzokaraga tayyormi, degan savolga javob berar ekan.
Kecha Ukraina rasmiylari fevral oyi oxirigacha BMT maydonida tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokida “tinchlik sammiti” o‘tkazishni taklif qildi. Shu bilan birga, Kiyev Rossiyani muzokaralarga faqat “kerakli xalqaro suddan” keyin taklif qilish kerakligini aytdi.
Noyabr oyi boshida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arb OAVlari Kiyevni Moskva bilan muloqotga undayotgani haqidagi xabarlaridan so‘ng, muzokaralarni boshlash uchun respublika shartlarini aytib o‘tgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu “hududiy yaxlitlikni tiklash, BMT Nizomini hurmat qilish, barcha yo‘qotishlar uchun tovon to‘lash, har bir harbiy jinoyatchini jazolash va bunday holat boshqa takrorlanmasligiga kafolatdir”.
Shu bilan birga, Zelenskiy avvalroq Rossiyaning amaldagi rahbariyati bilan muzokara olib borishning mumkin emasligi haqidagi farmonni imzolagan edi.
Rossiya muzokaralarga tayyorligi haqida bir necha bor aytgan. Prezident Vladimir Putin barcha mojarolar diplomatik yo‘llar bilan tugashini ta’kidlagan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya har doim Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun ochiq.
Peskov dekabr oyi boshida aytganidek, Zelenskiy agar xohlasa, mamlakatdagi jangovar harakatlar ertasi kuni yakunlanishi mumkinligini biladi.