https://oz.sputniknews.uz/20221227/ozbekiston-va-boshqirdiston-2023-yilda-ozaro-sayyohlik-oqimini-kopaytiradi-31069694.html
O‘zbekiston va Boshqirdiston 2023-yilda o‘zaro sayyohlik oqimini ko‘paytiradi
O‘zbekiston va Boshqirdiston 2023-yilda o‘zaro sayyohlik oqimini ko‘paytiradi
Sputnik O‘zbekiston
Ufa shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro ishbilarmonlik haftaligi doirasida O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulligi xodimlari yetakchi sayyohlik agentliklari... 27.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-27T16:13+0500
2022-12-27T16:13+0500
2022-12-27T16:13+0500
turizm
o‘zbekiston
boshqirdiston
sayyohlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/1c/27545607_0:34:3072:1762_1920x0_80_0_0_b5459ed8a80d3e1454faddb1dec84c00.jpg
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Boshqirdiston 2023-yilda o‘zaro sayyohlik oqimini ko‘paytiradi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.Ufa shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro ishbilarmonlik haftaligi doirasida O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulligi xodimlari yetakchi sayyohlik agentliklari vakillari va blogerlar bilan uchrashdi.Unda Boshqirdiston tadbirkorlik va turizm vaziri Rustem Afzalov ham ishtirok etdi.Muloqot davomida O‘zbekistonning boy sayyohlik salohiyati, jumladan, xorijlik tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyoz va preferensiyalar haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Bu sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ham atroflicha muhokama qilindi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Boshqirdiston o‘lkasi rahbari Radiy Xabirov o‘z telegram kanalida O‘zbekistonning sayyohlar uchun jozibadorligi haqida post yozgan edi. U o‘z so‘zida Boshqirdistonlik sayyohlar O‘zbekistonni o‘zlari uchun kashf qilishlarini juda istashini qayd etgan.Shuningdek, Ufadan O‘zbekistonga ikkita reys amalga oshirilayotgani va talab bo‘lsa, qo‘shimcha reyslarni ham ochilishini qo‘shimcha qilgan.
o‘zbekiston
boshqirdiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/1c/27545607_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_89ca91584aee7ac4f35923dc28b86060.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, o‘zbekiston, boshqirdiston, sayyohlar
turizm, o‘zbekiston, boshqirdiston, sayyohlar
O‘zbekiston va Boshqirdiston 2023-yilda o‘zaro sayyohlik oqimini ko‘paytiradi
Ufa shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro ishbilarmonlik haftaligi doirasida O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulligi xodimlari yetakchi sayyohlik agentliklari vakillari va blogerlar bilan uchrashdi.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Boshqirdiston 2023-yilda o‘zaro sayyohlik oqimini ko‘paytiradi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar
berdi. Ufa shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro ishbilarmonlik haftaligi doirasida O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulligi xodimlari yetakchi sayyohlik agentliklari vakillari va blogerlar bilan uchrashdi.
Unda Boshqirdiston tadbirkorlik va turizm vaziri Rustem Afzalov ham ishtirok etdi.
Muloqot davomida O‘zbekistonning boy sayyohlik salohiyati, jumladan, xorijlik tadbirkorlar uchun yaratilgan imtiyoz va preferensiyalar haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Bu sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ham atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar 2023-yilda o‘zaro sayyohlik oqimini ko‘paytirish maqsadida O‘zbekiston va Boshqirdiston turoperatorlari va blogerlarining onlayn uchrashuvlari, shuningdek, kelgusi yilda axborot va o‘quv safarlarini tashkil etishga kelishib olishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Boshqirdiston o‘lkasi rahbari Radiy Xabirov o‘z telegram kanalida O‘zbekistonning sayyohlar uchun jozibadorligi haqida post yozgan edi. U o‘z so‘zida Boshqirdistonlik sayyohlar O‘zbekistonni o‘zlari uchun kashf qilishlarini juda istashini qayd etgan.
Shuningdek, Ufadan O‘zbekistonga ikkita reys amalga oshirilayotgani va talab bo‘lsa, qo‘shimcha reyslarni ham ochilishini qo‘shimcha
qilgan.