TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi. U Pulkovo xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahridagi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi.Yetakchilar joriy yilgi hamkorlik yakunlarini sarhisob qilib, 2023-yil uchun ustuvor vazifalarni muhokama qildilar. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.27 dekabr kuni Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlari bilan birgalikda Sankt-Peterburgdagi Davlat rus muzeyiga tashrif buyurdi. Bu yerda mehmonlar muzey to‘plamidagi eksponatlar va san’at asarlari bilan tanishdi hamda norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan o‘tkazilgan sammitda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan qatnashdi.
Sankt-Peterburg shahridagi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi rahbarlari sammiti 26-27 dekabr kunlari bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi. U Pulkovo xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahridagi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi.
Yetakchilar joriy yilgi hamkorlik yakunlarini sarhisob qilib, 2023-yil uchun ustuvor vazifalarni muhokama qildilar. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
27 dekabr kuni Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlari bilan birgalikda Sankt-Peterburgdagi Davlat rus muzeyiga tashrif buyurdi. Bu yerda mehmonlar muzey to‘plamidagi eksponatlar va san’at asarlari bilan tanishdi hamda norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan o‘tkazilgan sammitda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan qatnashdi.